Foot Mercato xabariga ko'ra, "Lion" va "Lids" Pavel Shults transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi. 🚨
"Olimpik Lion" moliyaviy nazorat tufayli yozda o'z futbolchilarini sotishga majbur bo'lishi mumkin. Avvalroq Afonsu Moreyra "Bayer"ga o'tgan edi. Endilikda Pavel Shults ham jamoani tark etishi mumkin. "Nottingem Forest", "Tottenxem" va "Aston Villa" qiziqish bildirgan bo'lsa-da, aynan "Lids" aniq qadamlar tashladi.
Hozircha klublar kelishuvga erishgani yo'q, asosiy muammo futbolchining narxida. "Lion" 25 yoshli yarim himoyachini 25 million yevroga baholamoqda, Transfermarkt esa uni 20 million yevro deb hisoblaydi. Futbolchining "Lion" bilan shartnomasi 2029-yilgacha mo'ljallangan.
Shults o'tgan yozda "Lion"ga kelib qo'shilgan va Liga 1'dagi eng yaxshi o'yinchilardan biriga aylandi. U barcha musobaqalarda 42 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Bosh murabbiy Paulu Fonseka uni Chempionlar ligasi saralash o'yinlarigacha jamoada saqlab qolmoqchi.
Shuningdek, "Lion" va "Stok Siti" o'rtasida Pe Jun Xo transferi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Klublar narx borasida kelisha olmayapti, biroq futbolchining o'zi "Lion"ga o'tishni istamoqda.