«Benfika» yaqin vaqt ichida Joau Palinya uchun «Bavariya»ga rasmiy taklif bilan chiqishi kutilmoqda.
Portuagal klubi allaqachon yarim himoyachining agentlari bilan bog'langan. Palinyaning o'zi ham Portugaliyaga qaytishga moyil.
«Benfika» bitimning moliyaviy tomonini o'rganmoqda va taxminan 25 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. 💸
Muqobil variant sifatida boshqa sxema ham ko'rib chiqilmoqda. Unga ko'ra, futbolchini 10 million yevro evaziga ijaraga olib, keyinchalik 15 million yevro to'lab sotib olish sharti nazarda tutilgan. Hammasi «Bavariya»ning muzokaralarga qay darajada tayyorligiga bog'liq.
Shuningdek, yangi bosh murabbiy Ruben Amorim qo'l ostidagi «Milan» ham Palinyaga qiziqish bildirmoqda. 👀
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!