Lids Liam Delap uchun kurashga qo'shildi
iNews xabariga ko'ra, «Lids» Liam Delapni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchiga shuningdek, «Nottingem Forest» va «Everton» ham qiziqish bildirmoqda.
iNews xabariga ko'ra, «Lids» Liam Delap uchun kurashga qo'shildi.
«Elland Roud» rahbariyati yozgi transferlar vaqtida Dominik Kalvert-Lyuinga raqobatdosh bo'la oladigan hujumchini qidirmoqda. «Chelsi» forvardi ko'rib chiqilayotgan variantlardan biri hisoblanadi.
Shuningdek, Delapga «Nottingem Forest» va «Everton» klublari ham qiziqish bildirmoqda. «Chelsi» angliyalik hujumchini 35-40 million funt sterlingga baholamoqda.