Foot Mercato jurnalisti Santi Una xabariga ko'ra, Lids Pavel Shuls transferi bo'yicha muzokaralarni boshlab yubordi.
25 yoshli hujumkor yarim himoyachi Lion sharafini himoya qiladi. O'tgan mavsumda chexiyalik futbolchi fransuz klubi safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jurnalistning qayd etishicha, Lids futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun jiddiy qadamlar tashlamoqda. Shuningdek, ushbu yarim himoyachiga Aston Villa, Tottenhem va Nottingem Forest klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Lion klubi o'z futbolchisini 21,5 million funt sterlingga baholamoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!