🎥 "Tottenxem" faoliyatini yoritib boruvchi jurnalist Jorj Seshns "Last Word On Spurs" ko'rsatuvida jamoa atrofidagi vaziyat haqida gapirdi:
Mayki Mur, katta ehtimol bilan, yozda yana ijaraga beriladi. APL klublari 18 yoshli futbolchini ijaraga olishdan manfaatdor ekani aytilmoqda.
"Nottingem Forest" Lukas Bergvalni "Tottenxem"ga o'tishidan oldin ham kuzatib borgan.
Jed Spens "Tottenxem"dan ketishni talab qilmayapti va klub ham uni faol sotish niyatida emas. Biroq, "shporlar" himoyachi bo'yicha tushadigan foydali takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
"Tottenxem" akademiyasida xavotir kuchaymoqda. Akademiya o'yinchilari, ularning ota-onalari va murabbiylari asosiy jamoaga chiqish uchun aniq yo'l yo'qligidan norozi ekanliklari xabar qilinmoqda.
Ayni damda hech qaysi klub "Tottenxem" talab qilayotgan summani to'lashga tayyor emas va senegallik yarim himoyachi Pape Matar Sarr bo'yicha jiddiy takliflar yo'q.
Kristian Romero may oyida "Tottenxem"ning "Everton"ga qarshi muhim o'yinida qatnashish o'rniga, o'zining ona klubi o'yinini ko'rish uchun Argentinaga uchib ketishga ruxsat olgan.
Jorj Seshnsning fikricha, "Tottenxem" yozda Kristian Romero uchun 40 million funt sterling ishlab oladi.
Gulyelmo Vikario "Tottenxem"dagi vaqti yakuniga yetganini biladi.
Rafael Moerson "Tottenxem" uchun juda muhim o'yinchi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!