The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, Real Madrid va Leypsig hali ham Diomande transferi bo'yicha kelishuvga erishgani yo'q. Tomonlar bitim summasi va to'lovlar strukturasi bo'yicha yakuniy kelishuvga kelishlari kerak.
Shunga qaramay, klublar transfer amalga oshishiga ishonch bildirmoqda. Futbolchining o'zi Madrid bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Qolaversa, muzokaralar davomida Diomande bevosita Mourinyu bilan muloqot qilgan.
Leypsig ivuarlik futbolchini taxminan 130 million yevroga baholamoqda. Madrid esa 100 millioni kafolatlangan to'lov, qolgani esa bonuslar ko'rinishida bo'lgan 120 million yevro atrofida taklif qilgan.
Hozircha nemis klubi ushbu taklifga javob bermadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!