Diomande transferi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 7

Diomande transferi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda

📺 Sky Sport jurnalisti Plettenberg xabariga ko'ra, «Real Madrid» hamon «Leyptsig» bilan Diomande transferi bo'yicha yakuniy kelishuvga erishgani yo'q. Ushbu transfer sagasiga aloqador barcha tomonlar buni tasdiqlamoqda.

Agar yaqin 15 daqiqa ichida favqulodda hech narsa yuz bermasa, ertaga ertalab «qirollik klubi» nemis jamoasi bilan muzokaralarni davom ettiradi.

«Leyptsig» vinger uchun deyarli 120 million yevro qat'iy to'lov va bonuslar talab qilmoqda. Shu sababli, katta ehtimol bilan Diomande transferi «Madrid»ga 120 million yevrodan qimmatroqqa tushadi.

Shu bilan birga, 19 yoshli ivuarlik futbolchi hamon faqat «Madrid»ga o'tishni istamoqda. Hozirgi vaqtda «PSJ»ning futbolchi uchun kurashga qaytishi kutilmayapti.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!