🚨 Diario AS xabariga ko'ra, Yan Diomande'ning "Real Madrid"ga o'tishi sobiq agenti bilan bog'liq nizo tufayli kechikmoqda.
Maks Gradel FIFAga murojaat qilib, futbolchi ular o'rtasidagi shartnoma shartlarini buzganini da'vo qildi.
"Real Madrid" Roc Nation bilan muzokaralar olib borgan va futbolchining sobiq agenti bilan bog'liq muammolardan xabardor bo'lmagan.
FIFA Diomande'ga bitimni yakunlash uchun vaqtinchalik litsenziya berishi, uni kechiktirishi yoki transferni butunlay to'xtatib qo'yishi mumkin.
"Real" va "RB Leyptsig" o'rtasida barcha masalalar hal qilingan edi, ammo hozirda barcha tomonlar ushbu muammo yechimini kutmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!