Radio Marca jurnalisti Valentin xabariga ko'ra, Real Madrid ham Diomande, ham Rodri bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to'liq kelishib olgan.
Real Madridning 19 yoshli vinger bo'yicha Leyptsig bilan muzokaralari yakuniy bosqichda. Diomande transferi yopilgandan so'ng, klub Rodri bo'yicha Manchester Siti bilan muzokaralarni boshlaydi va bitimni maksimal 60 million yevro evaziga yakunlashni rejalashtirmoqda.
AS (XFD) ma'lumotiga ko'ra, PSJ prezidenti Al-Xelayfi Rodri agentlari bilan bog'lanishni topshirgan. Bu harakat Madrid klubidan Diomande transferi uchun o'ch olish maqsadi bilan bog'liq.
Madridliklar ispaniyalik futbolchini transfer oynasi yopilgunga qadar xarid qilish imkoniyatini istisno etmayapti. Biroq klub uni jamoaga olib kelishga kafolat bermaydi. Real Madrid yarim himoyachilardan biri ketgan taqdirda Rodri transferini ko'rib chiqishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!