Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "Real Madrid" Diomande transferini yakunladi. 19 yoshli vinger yozda "Liverpul", "Manchester Siti" va "Arsenal" takliflarini rad etdi. Futbolchi klublarga shunday javob bergan:
Yo'q, rahmat. Men faqat "Real Madrid"ga o'tishni xohlayman.
Murinyu Diomandeni har qanday yo'l bilan qo'lga kiritishga qaror qilgan. Shu bois murabbiy klub rahbariyatiga shunday degan:
Menga tezkor, gol uradigan va raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratadigan hujumchi kerak. Yuqori darajada raqobatlasha olishimiz uchun yana bir o'yinchi zarur.
Cope ma'lumotiga ko'ra, "Madrid" Diomande transferini shu hafta yakunlashiga ishonchi komil. Yuridik masalalar va "Leypsig"ning o'yinchiga o'rinbosar qidirayotgani transferning rasman e'lon qilinishini biroz kechiktirmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!