🖥 BILD xabariga ko'ra, «Leypsig» «Madrid»ning Diomande bo'yicha 100 mln yevro va 115 mln yevrolik ikkita taklifini rad etdi. Nemis klubi 19 yoshli vinger uchun 120 mln yevro hamda 15 mln yevro bonus talab qilmoqda.
📺 Plettenberg (Sky Sport jurnalisti) ma'lumotiga ko'ra, «Leypsig» «Madrid»ning so'nggi taklifiga javob bermadi. Shu sababli, so'nggi bir sutka ichida tomonlar o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi, bu esa «qirollik klubi»da ajablanish uyg'otdi.
Favqulodda holat yuz bermasa, «qizil buqalar»ning rejasi bo'yicha futbolchi ertaga jamoa bilan birga Avstriyadagi yig'inga yo'l olishi kerak. Diomande bu haqda ogohlantirilgan. Biroq, u hali ham safardan qochishga umid qilmoqda. Masalaning yakuniy yechimi ertaga ertalab ma'lum bo'ladi.
Ivoriyalik futbolchi «Leypsig» bilan to'liq mavsumoldi tayyorgarligida ishtirok etishni istamayapti. U «Madrid»ga o'tish niyatida, shu bois xayolan nemis klubi bilan xayrlashib bo'lgan va klublar tezroq kelishuvga erishishiga umid qilmoqda. Oldinda turgan dam olish kunlari ushbu transfer sagasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!