Sky Sport jurnalisti Plettenberg xabariga ko'ra, "Real Madrid" hali ham "Leyptsig" bilan Diomande transferi bo'yicha kelishuvga erishgani yo'q.
📺 Sky Sport jurnalisti Plettenberg xabariga ko'ra, "Real Madrid" hali ham "Leyptsig" bilan Diomande transferi bo'yicha kelishuvga erishgani yo'q. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
Bugun vinger individual tarzda shug'ullandi. Shu bilan birga, ertaga "Leyptsig" Avstriyadagi mavsumoldi yig'inlariga yo'l oladi.
Sky Sport jurnalisti Plettenbergning ma'lum qilishicha, «Real Madrid» va «Leyptsig» Diomande transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
📺 Sky Sport jurnalisti Plettenberg xabariga ko'ra, «Real Madrid» hamon «Leyptsig» bilan Diomande transferi bo'yicha yakuniy kelishuvga erishgani yo'q. Ushbu transfer sagasiga aloqador barcha tomonlar buni tasdiqlamoqda.
Agar yaqin 15 daqiqa ichida favqulodda hech narsa yuz bermasa, ertaga ertalab «qirollik klubi» nemis jamoasi bilan muzokaralarni davom ettiradi.
«Leyptsig» vinger uchun deyarli 120 million yevro qat'iy to'lov va bonuslar talab qilmoqda. Shu sababli, katta ehtimol bilan Diomande transferi «Madrid»ga 120 million yevrodan qimmatroqqa tushadi.
Shu bilan birga, 19 yoshli ivuarlik futbolchi hamon faqat «Madrid»ga o'tishni istamoqda. Hozirgi vaqtda «PSJ»ning futbolchi uchun kurashga qaytishi kutilmayapti.
Real Madrid Diomande transferi ustida ishlamoqda. Leyptsig futbolchi uchun 120 million yevro talab qilmoqda.
📺 Sky Sport xabariga ko'ra, Real Madrid Leyptsigga Diomande uchun 90+10 million yevrolik rasmiy taklif bilan chiqdi. Biroq bungacha Leyptsig Liverpulning 100 million yevrolik taklifini rad etgan edi. Shu sababli, Madrid klubining taklifi ham qabul qilinmadi.
Avvalroq 19 yoshli vinger PSJga o'tishga rozi bo'lgan va parijliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan edi. Biroq klublar o'rtasida muzokaralar bo'lmagan, faqat prezidentlar darajasida aloqalar o'rnatilgan. Agar Real Madrid yana taklif bilan chiqsa, PSJ uchun futbolchini qo'lga kiritish qiyin bo'ladi. Leyptsig ivuarlik futbolchini 100 million yevrodan ortiqroq summaga sotishga tayyor.
📝 Fabrisio Romano: Real Madrid Diomandeni o'z safiga qo'shib olish ustida ishlamoqda. Leyptsig bilan muzokaralar ayni damda davom etmoqda. Bitim 120 million yevro evaziga yakunlanishi mumkin.
Pikon: Diomande transferi 120 million yevroga rasmiylashtirilishi mumkin. Bu uzoq davom etadigan saga bo'lmaydi, Madrid masalani tezroq hal qilish niyatida.
📰 AS xabariga ko'ra, Leyptsigning Diomande uchun talab qilayotgan summasi va Madridning dastlabki taklifi o'rtasida unchalik katta farq yo'q. Shu bois bitim 120 million yevro atrofida yopilishi mumkin.
Leypsig bosh direktori Shefer Diomandening Real Madridga o'tishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Leypsig bosh direktori Shefer Diomandening Real Madridga o'tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi:
Diomandening Real Madridga o'tishi haqidagi mish-mishlarmi? Ayrim "transfer ekspertlari" bir necha kun oldin bitim yakunlangani yoki "Here we go" deb e'lon qilgani aniq. Ammo aslida bunday emas. Hozircha biz muzokaralarning bunday bosqichida emasmiz.
Sky Sport jurnalisti Plettenberg xabariga ko'ra, Real Madrid Leyptsig futbolchisi Diomande transferini shu hafta yakunlamoqchi.
Sky Sport jurnalisti Plettenberg xabariga ko'ra, Real Madrid hali ham Leyptsig bilan Diomande transferi bo'yicha yakuniy kelishuvga erishgani yo'q.
Shunga qaramay, qirollik klubi 19 yoshli universal vinger transferini shu hafta oxirigacha yakunlashni maqsad qilgan. Shu bois, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar payshanba kuni davom ettiriladi.
Sky Sport jurnalisti Plettenberg xabariga ko'ra, «Real Madrid» Diomande transferi bo'yicha «Leyptsig» bilan muzokaralar olib bormoqda.
Sky Sport jurnalisti Plettenberg xabariga ko'ra, «Real Madrid» Diomande uchun kurashda yetakchilik qilmoqda. Ayni damda madridliklar 19 yoshli vinger transferini yakunlash bo'yicha «Leyptsig» bilan muzokaralar olib bormoqda.
Nemis klubi Diomandeni sotishga tayyor, ammo ular futbolchi uchun 100 million yevrodan ancha ko'proq mablag' ishlab olmoqchi.