Leganes sobiq sardori Serxio Gonsales Yan Diomandening salohiyati haqida gapirdi va uning Lamin Yamal darajasiga chiqa olishiga ishonch bildirdi.
"Leganes" sobiq sardori va Yan Diomande bilan birga to'p tepgan Serxio Gonsales yosh futbolchining salohiyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Diomande Lamin Yamal darajasiga chiqa oladimi? Rostini aytsam, ha. Bu g'alati eshitilishi mumkin, ammo Yanning salohiyatiga qarab, u aynan shu darajada o'ynay oladi deb o'ylayman.
Lamin ancha vaqtdan beri barqaror va yuqori saviyada o'ynamoqda. Ammo Diomande o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat olsa, u Yamal darajasiga yetib boradi va hatto undan ham o'zib ketishi mumkin. Yan aqlbovar qilmas salohiyatga ega, u fenomen va buni isbotlaydi.
Diomande faoliyatida ulkan qadamlar tashladi, endi uni yana bir katta o'tish kutmoqda ["Real Madrid"ga]. Menda faqat bitta katta savol bor: u ruhiy bosimga qanday bardosh beradi?