📰 AS xabariga ko'ra, "Real Madrid"ning Diomande transferini rasman e'lon qilmayotganiga sabab – vingerning sobiq agenti Gradel uni shartnomani buzganlikda ayblamoqda.
"Qirollik klubi" futbolchining hozirgi agentligi Roc Nation bilan muzokaralar olib borgan. "Madrid"da ivuarlik futbolchining sobiq agenti bilan bog'liq muammolar haqida ma'lumot bo'lmagan. Bu kelishuvni yakunlash yo'lidagi jiddiy to'siqqa aylandi.
Diomande'ning sobiq agenti allaqachon FIFAga Roc Nation ustidan shikoyat kiritgan. FIFA yo Diomande'ning o'tishi uchun vaqtinchalik litsenziya berishi, yo bitimni vaqtincha to'xtatib turishi, yoki umuman transferni bekor qilishi mumkin.
"Real Madrid" hujumchining transferi bo'yicha "Leyptsig" bilan kelishuvga erishgan. Ammo hozirda barcha tomonlar ushbu muammo yechilishini kutmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!