📝 ESPN Brasil xabariga ko'ra, ayni damda "Real Madrid" Vinisius bilan kelasi yozda yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirish bo'yicha hech qanday muzokara olib bormayapti.
26 yoshli vingerning agentlari tashabbus aynan klubdan chiqishi kerak deb hisoblashmoqda. Biroq hozircha "Madrid" braziliyalik futbolchi bilan muzokaralarni qayta boshlash uchun biror qadam tashlamadi.
Avvalroq "Real Madrid" Vinisiusga yiliga 22 million yevro maosh taklif qilgandi. Ammo futbolchi mavsumiga 30 million yevro atrofida daromad olishni istamoqda. Vinisius yangi bitim uning faoliyatidagi so'nggi yirik shartnoma bo'lishi kerakligini va klub uning jamoa uchun qilgan ishlarini munosib baholashi lozimligini his qilmoqda.
Shunga qaramay, hozircha tomonlarning yangi uchrashuvi rejalashtirilmagan.
📻 Cope ma'lumotiga ko'ra, Vinisius o'z agentlariga "Madrid" bilan yangi shartnomani imkon qadar tezroq kelishib olishlari kerakligini aytgan. Braziliyalik futbolchi boshqa klubga o'tishni istamayapti.
Shu bilan birga, Vinisius "Real"dagi hozirgi maoshini 10 million yevroga oshirishni, shuningdek, turli bonuslar va imidj huquqlarini ham talab qilmoqda.