ESPN muxbiri Rodra xabariga ko'ra, "Arsenal" Vinisius transferi uchun bor imkoniyatini ishga solishga qaror qildi. 26 yoshli vinger bilan nafaqat Mikel Arteta va klub sport direktori, balki klub egalari ham shartnoma imzolashni istamoqda. Shu bois "Arsenal"da braziliyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun barcha choralarni ko'rish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilindi.
"Real Madrid" esa agar futbolchi kelasi yozda yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirmasa, uning ketishiga qarshi emas. "Qirollik klubi" Vinisiusga so'nggi taklifini yaxshilashni rejalashtirmayapti.
Mikel Arteta: "Vinisius qachon "Arsenal"ga o'tadi? (kuladi). Muxlislar yangi transferlarni kutishlari mumkinmi? Biz bozorda juda faolmiz, chunki jamoani kuchaytirishga harakat qilyapmiz. Yaqin bir necha hafta ichida ba'zi o'zgarishlarni kutmoqdamiz. Biz juda ambitsiyali bo'lganimiz uchun yanada kuchliroq bo'lishni istaymiz".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!