Barselona jamoasining kelgusi mavsum uchun kutilayotgan sardorlari ro'yxati e'lon qilindi. Erik Garsiya beshinchi sardor bo'lishi mumkin.
Kelgusi mavsumda Barselona jamoasini maydonga boshlab tushishi kutilayotgan sardorlar ro'yxati:
1 — Ronald Arauxo 2 — Frenki de Yong 3 — Rafinya 4 — Pedri 5 — Erik Garsiya
Jamoa beshinchi sardorni ovoz berish yo'li bilan aniqlaydi. Mark-Andre ter Shtegen va Robert Levandovski ketganidan so'ng, bu vazifani Erik Garsiya bajarishi kutilmoqda.
Barselona futbolchilari Bernal, Balde, Fermin va Arauxoning jarohatdan tiklanish jarayoni haqida so'nggi ma'lumotlar.
Xavi Migel xabariga ko'ra, Bernalda mushaklarda kichik zo'riqish kuzatilmoqda. Vaziyat to'liq nazorat ostida, ammo jiddiyroq oqibatlarning oldini olish uchun ehtiyotkorlik bilan kuzatuv talab etiladi.
Bernal ushbu muammoni bartaraf etish uchun trenajyor zalida individual tarzda ishlamoqda. Murabbiylar shtabi futbolchining jismoniy holatiga alohida e'tibor qaratmoqda va bu mavsumda u o'z salohiyatini to'liq ochib berishiga umid qilmoqda.
Hozirda holati diqqat bilan kuzatilayotgan yana bir futbolchi — Alexandro Balde. U qov qismidagi og'riqlar sabab bir haftadan buyon maydonga tushmayapti.
Fermin esa safga qaytishga yaqin. U tiklanish jarayonining yakuniy bosqichida.
Ronald Arauxo ham boldir mushagidagi muammolardan so'ng tez orada jamoaviy mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda.
Santi Ovalles xabariga ko'ra, Xansi Flik Jerar Martinni jamoada olib qolishni istamoqda. "Barselona" hozirda faqat hujum chizig'ini kuchaytirishga e'tibor qaratmoqda.
🚨 Santi Ovalles xabariga ko'ra, Xansi Flik Jerar Martinni jamoada olib qolishni istamoqda.
"Barselona" faqat Ronald Arauxo ketgan taqdirdagina markaziy himoyachi izlab transfer bozoriga chiqadi, ammo hozirgi vaqtda bunday ssenariy ko'rib chiqilmayapti.
Hozirda klub faqat hujum chizig'ini kuchaytirishga e'tibor qaratmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Atletiko Madrid hali ham Ronald Arauxoni o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Atletiko Madrid hali ham Ronald Arauxoni o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor. Diyego Simeone Barselona himoyachisining o'yiniga yuqori baho beradi.
Urugvaylik markaziy himoyachi yangi mavsum oldidan o'zining jamoadagi roli borasida Xansi Flik bilan muzokaralar o'tkazishi kutilmoqda.
Ferran Martinesning xabar berishicha, «Barselona» markaziy himoyachi izlamoqda, ammo Kristian Romeroning o'ng oyoqda o'ynashi transferga to'sqinlik qilishi mumkin.
Ferran Martines xabariga ko'ra, «Barselona» markaziy himoyachi sotib olish imkoniyatini butunlay rad etmayapti, garchi bu ustuvor vazifa hisoblanmasa ham. Hammasi Ronald Arauxoning kelajagiga bog'liq bo'ladi.
«Barsa» Kristian Romero haqida juda ijobiy fikrlarga ega. Biroq, agar klub markaziy himoyachi sotib olishga qaror qilsa, argentinalik futbolchiga qarshi ishlaydigan bir omil bor. Uning o'ng oyoqda o'ynashi transferga to'sqinlik qilishi mumkin, chunki «Barselona»ga aynan chap oyoqda o'ynaydigan markaziy himoyachi yetishmayapti.
Real Madrid yozgi transferlar oynasida markaziy himoyani kuchaytirish uchun Bastoni va Arauxo nomzodlarini ko'rib chiqmoqda.
Radio Marca jurnalisti Valentin xabar berishicha, Madrid klubi yozgi transferlar oynasida markaziy himoya chizig'ini kuchaytirish uchun ikki nomzodni ko'rib chiqmoqda:
Italiya va Portugaliya terma jamoalari vakillari Bastoni hamda Arauxo.
Ushbu markaziy himoyachilarning har ikkisi ham Mourinyuga ma'qul kelgan.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Barselona" tarkibni shakllantirish jarayonida besh nafar futbolchisi bilan xayrlashish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
🚨 Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Barselona" tarkibni shakllantirish jarayonida besh nafar futbolchisi bilan xayrlashish variantlarini ko'rib chiqmoqda:
Mark-Andre ter Shtegen — "Ayaks"ga ijara asosida o'tishga yaqin.
Mark Kasado — transferga qo'yilishi mumkin.
Runi — uning jamoadan ketishi kutilmoqda.
Alexandro Balde — munosib taklif bo'lsa, sotib yuborilishi mumkin.
Ronald Arauxo — uning kelajagi hozircha noaniq.
Klubning asosiy maqsadi markaziy hujumchini tarkibga qo'shib olish bo'lib qolmoqda.
ESPN xabariga ko'ra, «Arsenal» Bruno Gimaraesni o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan. Shuningdek, klub yangi markaziy himoyachi izlamoqda.
🗞️ ESPNBrasil: ESPN ma'lumotiga ko'ra, Bruno Gimaraes transferi «Arsenal» uchun o'ziga xos «nomus ishi»ga aylangan — klub transfer bozorida o'z kuchi va ambitsiyalarini ko'rsatib qo'ymoqchi.
Bruno Gimaraes «Nyukasl»ga «Arsenal»dan bo'layotgan qiziqish fonida 31-iyulga qadar o'z kelajagi borasida bir qarorga kelmoqchi ekanligini ma'lum qilgani aytilmoqda. Yarim himoyachi ketishni tezlashtirish yoki transfer so'rovini topshirish niyatida emas, biroq xabarlarga ko'ra, u yozda «kanonirlar» safiga o'tishni afzal ko'radi.
Muzokaralarda bevosita ishtirok etayotgan va ESPN bilan muloqot qilgan manbalarga ko'ra, «Arsenal» va «Nyukasl Yunayted»ning Bruno Gimaraes transferi bo'yicha kelishuvga erishish imkoniyatlari hozircha yuqori baholanmoqda.
Bruno Andrade ESPNBrasil efirida qo'shimcha qildi:
Bruno Gimaraes atrofidagi vaziyatdan xabardor shaxsning aytishicha, «Arsenal» Vilyam Salibaning jarohati tufayli yuzaga kelgan muammoni hal qilishi kerak bo'lgan markaziy himoyachini ham sotib olishga yaqin turibdi. Menga futbolchining ismi hali aytilmadi. Men ingliz hamkasblarimga yordam berish uchun gap kim haqida ketayotganini aniqlashga harakat qilyapman. Ammo bu bitim Bruno Gimaraes transferidan ham tezroq yakunlanadi. U allaqachon juda yaqin. Realistik nomzodlar ro'yxati juda cheklangan. «Arsenal» uchun asosiy variantlar sifatida Zeno Debast, Gonsalu Inasiu va Ronald Arauxo ko'rilmoqda — ular kerakli daraja, tajriba va transfer bozorida potensial mavjudlikni o'zida mujassam etgan o'yinchilardir.
Ronald Arauxo jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Himoyachi «Barselona» bilan Angliyaga yo'l oladi, ammo uning safga qaytish muddati hozircha noma'lum.
💦 Xavi Migel xabariga ko'ra, Ronald Arauxo jahon chempionatida olgan o'ng boldir mushagidagi jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
Markaziy himoyachi «Barselona» bilan birga Angliyaga yo'l oladi, biroq uning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytish muddati hozircha noma'lumligicha qolmoqda.
Hansi Flik markaziy himoyachi transferiga qarshi. Murabbiy hujumchi izlamoqda. Ronald Arauxoning kelajagi borasida esa klubda turlicha fikrlar mavjud.
Santi Ovalle xabariga ko'ra, "Barselona" markaziy himoyachi pozitsiyasini kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda, ammo bosh murabbiy Xansi Flik bunga qarshi. Flik hujumchi transferini ma'qul ko'rmoqda va tarkibda Jerar Martin borligi unga yetarli ekanligini ta'kidlamoqda.
Klubning sport bo'limi markaziy himoyachi uchun nomzodlarni, jumladan Alessandro Bastonini kuzatmoqda. Biroq Flik bunga rozi emasligi sababli, hozircha muzokaralar to'xtab turibdi.
Ronald Arauxo ketgan taqdirda vaziyat o'zgarishi mumkin. Klubdagilar, agar futbolchi Xansi Flik bilan suhbatdan so'ng o'yin amaliyoti kam bo'lishini tushunib yetsa, jamoani tark etishi mumkin deb hisoblashmoqda. Arauxoning atrofidagilar esa futbolchining shartnomasi 2031-yilga qadar mo'ljallanganini va uning "Barsa"dan ketish niyati yo'qligini ta'kidlashda davom etmoqda.
Ronald Arauxo «Barselona»dan ketish niyatida emas va jarohatidan so'ng mashg'ulotlarga qaytadi.
Sport xabariga ko'ra, Ronald Arauxo «Barselona»dan ketish niyatida emas va jarohatidan to'liq forig' bo'lib, dushanba kuni mashg'ulotlarga qaytadi.
Jamoa sardori mavsumoldi tayyorgarlikni muvaffaqiyatli o'tkazishga e'tibor qaratgan hamda Xansi Flik boshqaruvidagi tarkibdan o'z o'rnini qaytarib olishni maqsad qilgan.
Ronald Arauxo jamoa bilan mashg'ulotlarga qo'shilishdan oldin individual tayyorgarlikni boshladi.
Gilem Borras (🌗) xabariga ko'ra, Ronald Arauxo ikkinchi kundirki, jamoa mashg'ulotlariga qo'shilishdan oldin individual tayyorgarlik ko'rish uchun sport shaharchasiga tashrif buyurmoqda.
U 20-iyul kuni safga qaytishi va Angliyadagi mavsumoldi yig'inida to'liq hajmda ishtirok etishi kutilmoqda.