Arsenal Vinisius Junior transferi uchun harakatni boshladi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 7

Arsenal Vinisius Junior transferi uchun harakatni boshladi

ESPN muxbiri Rodra xabariga ko'ra, "Arsenal" egalari yozgi transfer oynasida Vinisius Juniorni tarkibga qo'shib olish uchun shaxsan ishga kirishishdi. Londonliklar 26 yoshli vinger uchun bor imkoniyatlarini ishga solishmoqchi. "Kanonirlar" allaqachon futbolchining agentlari bilan bog'lanib, bitim bo'yicha o'z qarashlarini taqdim etishgan.

"Real Madrid"ning braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarida hech narsa o'zgarmadi. "Qirollik klubi" o'yinchiga yangi yaxshilangan taklif bilan chiqmagan. Tomonlar bu borada yangi uchrashuvlar o'tkazishgani yo'q.

Har qanday holatda ham, Vinisiusning kelajagi uning o'ziga bog'liq. Shartnomani uzaytirish uchun ham futbolchi, ham "Real Madrid" rahbariyati moliyaviy masalada biroz yon berishiga to'g'ri keladi. Bunda ko'proq vinger yon berishi talab etiladi.

Vinisius juma kuni "Real Madrid"ning mavsumoldi mashg'ulotlariga kirishadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!