Nyukasl Lyuis Xollni sotmoqchi emas
"Nyukasl" "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgan Lyuis Xollni sotish niyatida emas. Klub himoyachini tarkibda olib qolmoqchi.
🚨 "Nyukasl" yozgi transferlar oynasida Lyuis Xollni qo'yib yubormoqchi emas va "Manchester Yunayted" qiziqishiga qaramay, chap qanot himoyachisini sotilmaydigan futbolchi deb hisoblamoqda.
Klub allaqachon bir nechta yirik sotuvlarni amalga oshirgani, bosh murabbiy Eddi Xau bilan bog'liq vaziyat hamda sardor Bruno Gimaraesning ketishi mumkinligi fonida muxlislar tarkibda yangi yo'qotishlar bo'lishidan xavotirda.
Biroq, Xoll masalasida "Nyukasl"ning pozitsiyasi qat'iy — klub uni sotishni rejalashtirmayapti.
🏅 Mark Douglas