Roma Krisensio Sammervill transferi qiyinlashgani sababli Antonio Nusa va Mika Godts variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Roma Krisensio Sammervillni kutmoqda, ammo vaqt tig'iz. Vest Xem vingeri Jan Pero Gasperini uchun asosiy nishon bo'lib qolmoqda, murabbiy aynan u jamoa hujumini kuchaytira olishiga ishonadi. Biroq Aston Villa tomonidan raqobat kuchaygani sababli, Trigoriya rahbariyati muqobil variantlarni ko'rib chiqmoqda.
Il Romanista xabariga ko'ra, Leyptsig vingeri Antonio Nusa hamon asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Agar Sammervill bilan kelishuv amalga oshmasa, Rim klubi norvegiyalik futbolchiga murojaat qilishi mumkin. Nusa Rimga o'tishga tayyor, uning maoshi jamoa byudjetiga mos keladi, biroq transfer summasi masalasida hamon savollar bor. Roma bu transfer uchun bonuslar bilan birga 40-45 million yevrodan ortiq mablag' sarflashni istamayapti.
Corriere dello Sport ma'lumotiga ko'ra, Roma Ayyaks vingeri Mika Godts nomzodini ham o'rganmoqda. O'tgan mavsumda 44 ta o'yinda 17 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan belgiyalik futbolchi Rim klubi talablariga to'liq javob beradi. Uning transfer qiymati ham 40-45 million yevro atrofida baholanmoqda, ammo maosh borasida Godts Sammervillga qaraganda ancha arzonroq variant hisoblanadi.
Vaziyat aniq: Sammervill Gasperini uchun birinchi raqamli tanlov, ammo Roma kutib o'tirishni istamayapti. Nusa va Godts — moliyaviy jihatdan qulayroq bo'lgan muqobil variantlar.
PSJ Mika Godts transferi bo'yicha «Ayaks»ga ilk rasmiy taklifni yubordi. Muzokaralar 45-50 million yevro atrofida davom etmoqda.
↔️ Fabrisio Romano xabariga ko'ra, PSJ «Ayaks»ga Mika Godts transferi bo'yicha 40 million yevrodan ortiq bo'lgan ilk taklifini yubordi.
Muzokaralar jadal sur'atda davom etmoqda, chunki stol ustidagi taklif umumiy hisobda 45 million yevro atrofida. Bu esa «Ayaks» dastlab so'ragan 60 million yevroga ✨ yaqin ✨ hisoblanadi.
📰 ESPN xabariga ko'ra, klublar transfer summasini 45–50 million yevro atrofida kelishib olishga urinmoqda.
Mika Godts «Pari Sen-Jermen» bilan prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda futbolchining agenti Nils De Yonk «De Telegraaf» nashriga ma'lum qildi.
✅ Mika Godts «Pari Sen-Jermen» bilan prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda futbolchining agenti Nils De Yonk «De Telegraaf» nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
📝 21 yoshli belgiyalik futbolchi Parij klubi bilan 2031 yoki 2032-yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashi mumkin. Endilikda klublar transfer summasi bo'yicha kelishib olishlari kerak.
PSJ Mikaning transferiga juda qiziqish bildirayotganini ko'rsatdi. Mika esa Parijga ko'chib o'tishni istamoqda. Mening fikrimcha, Erediviziyadan Chempionlar ligasida ikki bor g'olib chiqqan klubga o'tish imkoniyati bo'lsa, bu juda mantiqiy qaror, — dedi De Yonk.
🗣️ Agent klublar kelishuvga erishishiga ishonchi komil.
Men klublar transfer summasi bo'yicha kelishib olishlariga ishonaman.
Jordi Cruyff Mika Godts'ning «Ayaks»dan ketishiga qarshi. Texnik direktor 21 yoshli belgiyalik futbolchini sotish qiyinligini ta'kidladi.
❌ Jordi Cruyff Mika Godts'ning «Ayaks»dan ketishiga qarshi. Texnik direktorning so'zlariga ko'ra, 21 yoshli belgiyalik futbolchi yozgi transfer oynasida «sotilmaydi yoki uni sotish juda qiyin», — deya xabar beradi De Telegraaf.
Ajax Mika Godts transferi bo'yicha PSJdan rasmiy taklif kutmoqda. De Telegraaf xabariga ko'ra, klub futbolchi uchun yuqori narx belgilagan.
Ajax Mika Godts transferi bo'yicha PSJdan rasmiy taklif kutmoqda.
De Telegraaf xabariga ko'ra, klub texnik direktori Jordi Kroyff futbolchi uchun PSV Ismael Saibari transferidan olganidan ancha yuqoriroq summa talab qilmoqda.
Ayaks Yordi Kroyf orqali Godtsni qo'lga kiritish oson bo'lmasligini ma'lum qildi. Klub futbolchini sotishga shoshilmayapti.
↔️ Ayaks Yordi Kroyf orqali Godtsni qo'lga kiritish oson bo'lmasligini rasman ma'lum qildi: klub yozgi transfer oynasida futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmagan.
Shuningdek, futbolchining narxi Saybarining Bavariyaga o'tishidagi summadan (50 million) qimmatroq bo'lishi kerakligi aytilmoqda. OAVda esa deyarli darhol 60 millionlik baholar paydo bo'ldi. Kutamiz.
Mika Godts "Roma" nishonida. Ekrem Konur xabariga ko'ra, "jallorossi" "Ayaks" vingerini sotib olish bo'yicha dastlabki muzokaralarni boshlagan.
Mika Godts yana "Roma" diqqat markaziga tushdi.
Ekrem Konur xabariga ko'ra, "jallorossi" "Ayaks" vingerini sotib olish bo'yicha dastlabki muzokaralarni boshlagan. Biroq, futbolchining yuqori narxi hamda "Arsenal" va "PSJ" klublarining qiziqishi transferni murakkablashtirmoqda. Niderlandiya klubi o'z futbolchisini taxminan 50 million funt sterling (60 million yevro atrofida)ga baholamoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, PSJ "Ayaks" vingeri Mika Godtsni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, PSJ Mika Godtsni transfer qilmoqchi.
Italiyalik jurnalistning so'zlariga ko'ra, "Ayaks" belgiyalik vinger bilan xayrlashishni istamayapti, biroq klub tomonlar o'rtasidagi muzokaralardan xabardor.
Mika Godts PSJga o'tishni istamoqda va Luis Enrike qo'l ostida o'ynashni orzu qilmoqda. Bu haqda Jamal xabar bermoqda.
Jamal xabariga ko'ra, Godts Diomande bilan bog'liq kelishuv amalga oshmagan taqdirda ko'rib chiqilgan «reja B» bo'lgan.
Mika allaqachon Enrike va Kampush bilan muloqot qilgan hamda Parijga o'tishni istayotganini, shuningdek, Lucho qo'l ostida o'ynashni orzu qilishini bildirgan. ↔️
«Roma» «Ayaks» vingeri Mika Godtsni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Il Tempo xabariga ko'ra, rimliklar futbolchining nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Il Tempo xabariga ko'ra, «Ayaks»ning belgiyalik vingeri Mika Godts «Roma»ning transfer nishonlari qatoridan joy olgan.
Manbaga ko'ra, futbolchi avvaliga asosiy variantlardan biri hisoblanmagan, biroq Sammervill transferi barbod bo'lganidan so'ng, rimliklar yana uning nomzodiga qaytishi mumkin.
Mika Godts qanotda ustunlik yaratish qobiliyati bilan ajralib turadi, biroq «Roma» rahbariyati hali uning texnik xususiyatlarini to'liq baholab olishi kerak.