🗞️ ESPNBrasil: ESPN ma'lumotiga ko'ra, Bruno Gimaraes transferi «Arsenal» uchun o'ziga xos «nomus ishi»ga aylangan — klub transfer bozorida o'z kuchi va ambitsiyalarini ko'rsatib qo'ymoqchi.
Bruno Gimaraes «Nyukasl»ga «Arsenal»dan bo'layotgan qiziqish fonida 31-iyulga qadar o'z kelajagi borasida bir qarorga kelmoqchi ekanligini ma'lum qilgani aytilmoqda. Yarim himoyachi ketishni tezlashtirish yoki transfer so'rovini topshirish niyatida emas, biroq xabarlarga ko'ra, u yozda «kanonirlar» safiga o'tishni afzal ko'radi.
Muzokaralarda bevosita ishtirok etayotgan va ESPN bilan muloqot qilgan manbalarga ko'ra, «Arsenal» va «Nyukasl Yunayted»ning Bruno Gimaraes transferi bo'yicha kelishuvga erishish imkoniyatlari hozircha yuqori baholanmoqda.
Bruno Andrade ESPNBrasil efirida qo'shimcha qildi:
Bruno Gimaraes atrofidagi vaziyatdan xabardor shaxsning aytishicha, «Arsenal» Vilyam Salibaning jarohati tufayli yuzaga kelgan muammoni hal qilishi kerak bo'lgan markaziy himoyachini ham sotib olishga yaqin turibdi. Menga futbolchining ismi hali aytilmadi. Men ingliz hamkasblarimga yordam berish uchun gap kim haqida ketayotganini aniqlashga harakat qilyapman. Ammo bu bitim Bruno Gimaraes transferidan ham tezroq yakunlanadi. U allaqachon juda yaqin. Realistik nomzodlar ro'yxati juda cheklangan. «Arsenal» uchun asosiy variantlar sifatida Zeno Debast, Gonsalu Inasiu va Ronald Arauxo ko'rilmoqda — ular kerakli daraja, tajriba va transfer bozorida potensial mavjudlikni o'zida mujassam etgan o'yinchilardir.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!