#Yoshko Gvardiol — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Yoshko Gvardiol futbolni tark etish haqida o'ylagani ma'lum bo'ldi

Yoshko Gvardiol futbolni tark etish haqida o'ylagani ma'lum bo'ldi

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol bir vaqtlar futbolni tashlab, basketbol bilan shug'ullanishni rejalashtirganini tan oldi.

🗣️ Yoshko Gvardiol:

«Men futbolni tark etish haqida o'ylaganman»

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol bir vaqtlar futbolni tashlab, basketbol bilan shug'ullanishni rejalashtirganini tan oldi.

«Men futbolni tark etish haqida o'ylaganman, chunki menga basketbol ham yoqadi. Men endi futbolga ishonchim komil emasdi, chunki mashg'ulot maydonida o'zimni baxtli his qilmay qo'ygandim, tushunyapsizmi? Men shunchaki o'zimni baxtliroq his qilish uchun boshqa yo'llarni izlayotgan edim, barcha do'stlarim esa basketbol o'ynashardi. Albatta, men professional futbolchi bo'lishni orzu qilganman, lekin bunchalik darajaga yetib borishimni bilmasdim. Agar besh yil oldin mendan 2023, 2024, 2025 yoki 2026-yillarda o'zimni «Manchester Siti»da ko'ryapmanmi, deb so'raganingizda, men hech qanday imkoniyat yo'q, bu imkonsiz, deb javob bergan bo'lardim».

O'ng ustun yangiliklari

Yoshko Gvardiol Jon Stounz haqida fikr bildirdi

Yoshko Gvardiol Jon Stounz haqida fikr bildirdi

Yoshko Gvardiol "Manchester Siti"dagi jamoadoshi Jon Stounz haqida iliq fikrlar bildirdi.

Yoshko Gvardiol Jon Stounz haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

Yoshroq paytlarimda Jonni o'z kumirim deb ayta olmasdim, chunki men allaqachon himoyada o'ynardim. Ammo u har doim eng yaxshilardan biri bo'lgan. Bu sir, lekin har mavsum men undan o'zim uchun futbolka sovg'a qilishini so'rardim.
Yoshko Gvardiol "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolaydi

Yoshko Gvardiol "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolaydi

Yoshko Gvardiol "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolash uchun Manchesterga yetib keldi. Bu haqda Florian Plettenberg xabar bermoqda.

✈️ Yoshko Gvardiol "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolash uchun Manchesterga yetib keldi.

✍️ Himoyachi o'z agenti bilan birga keldi. Tomonlar besh yillik yangi bitim imzolashadi, unga ko'ra Gvardiolning maoshi ham sezilarli darajada oshiriladi.

‼️ Florian Plettenberg