Aleks Skott «Chelsi»ga o'tishni istamoqda
«Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skott «Chelsi»ga o'tish istagida. «Chelsi»ning 64 mln funtlik taklifi rad etildi.
🚨 «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skott yozgi transfer oynasida «Chelsi» safiga qo'shilishni istamoqda.
David Ornstein xabariga ko'ra:
«Chelsi» futbolchi uchun 64 million funt sterling miqdorida rasmiy taklif bilan chiqdi, biroq «Bornmut» buni rad etdi va o'z pozitsiyasida qolmoqda — klub o'yinchini sotmoqchi emas.
Shuningdek, Angliya terma jamoasi a'zosi bo'lgan Skott «Bornmut» bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan. U ijtimoiy tarmoqlarda londonliklarning e'lonlariga faol munosabat bildirmoqda, xususan, Morgan Rojersning «Aston Villa»dan «Chelsi»ga o'tishi haqidagi xabarga izoh qoldirgan.