📺 Sky Sport jurnalisti Plettenberg xabariga ko'ra, bugun Diomande "Leypsig"ning mavsumoldi tayyorgarligiga kirishdi. Vinger "qizil buqalar" "Madrid" bilan transfer borasida kelishuvga erishgunga qadar nemis jamoasi bilan shug'ullanadi.
📝 ESPN muxbiri Rodra ma'lumotiga ko'ra, "Real Madrid" Diomande uchun 135 mln yevro to'lashi mumkin (115-120 mln yevro to'g'ridan-to'g'ri, qolgani bonuslar ko'rinishida). Klubdagilar futbolchining transferini yaqin soatlar ichida yakunlashni kutishmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!