📺 Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko'ra, ayni damda "Leyptsig" "Madrid"ning Diomande uchun qilgan 110-115 million yevrolik ikkinchi taklifini rad etgani yo'q.
Katta ehtimol bilan, tomonlar 120 million yevro atrofida kelishib olishadi. Shu bilan birga, nemis klubi vinger uchun bonuslar miqdorini kamaytirib, kafolatlangan to'lov summasini oshirmoqchi.
Garchi hozircha "Madrid" va "Leyptsig" o'rtasidagi muzokaralarda keskin burilish yuz bermagan bo'lsa-da, "qizil buqalar" kelishuv yaqin vaqt ichida yakunlanishini kutmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!