Ayman Hussayn «Paxtakor» futbolchisiga aylandi
Iroqlik hujumchi Ayman Hussayn rasman «Paxtakor» futbolchisiga aylandi.
«Paxtakor» klubi iroqlik hujumchi Ayman Hussaynni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi. 🟡
Iroqlik hujumchi Ayman Hussayn rasman «Paxtakor» futbolchisiga aylandi.
«Paxtakor» klubi iroqlik hujumchi Ayman Hussaynni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi. 🟡
Neftchi yarim himoyachisi Yovan Jokich Finlandiyada muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. Futbolchi 2-3 oydan so'ng safga qaytishi kutilmoqda.
Jamoamiz yarim himoyachisi Yovan Jokich “Navbahor”ga qarshi uchrashuv oldidan o’tkazilgan chigalyozdi mashg’ulotlari vaqtida avvalgi o’ng oyog’idagi Axill payi jarohatini qayta his qildi.
Batafsil tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko’ra, jarohatni jarrohlik yo’li bilan davolash tavsiya etildi. Shu maqsadda futbolchimiz Finlandiyaning Turku shahriga yo’l oldi va bugun muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.
Operatsiya reja asosida muvaffaqiyatli yakunlandi. Shifokorlar tavsiyasiga ko’ra, Yovan endilikda reabilitatsiya jarayonini boshlaydi. Rejaga muvofiq, u 2-3 oy davom etadigan tiklanish dasturidan so’ng jamoa mashg’ulotlariga qaytishi kutilmoqda.
Yovan Jokichga tezroq sog’ayib, maydonlarga yanada kuchliroq holatda qaytishini tilab qolamiz! 🟢
Nasaf klubi Superliga-2025 kashfiyoti Abbos G'ulomov hamda gruziyalik vinger Paata Gudushaurini o'z safiga qo'shib oldi.
⚽ Nasaf klubi Superliga-2025 kashfiyoti — Abbos G'ulomov hamda gruziyalik vinger Paata Gudushaurini o'z safiga qo'shib oldi.
Murabbiy "Mash'al"ga qarshi o'yin, hakamlar bilan bog'liq vaziyat va Doriyevning klub bilan shartnomasini uzaytirgani haqida gapirib o'tdi.
O'yin haqida fikringiz?
Uchrashuvni yaxshi boshladik, tezkor vaziyat sodir etib gol urdik. Ikkinchi taym boshida ham tezkor to'p kiritdik, uchinchi golni urganimizdan so'ng yengil o'yinga o'tdik. Shundan so'ng "Mash'al" ham o'z imkoniyatidan foydalandi. Raqib qanotlar orqali qarshi hujumda o'ynashini bilardik va shunga ko'ra hozirlik ko'rgandik. Ikkita ketma-ket mag'lubiyatdan so'ng yutib olganimiz yaxshi bo'ldi. Futbolchilarimiz ruhi ko'tarildi, turnir jadvalida o'z mavqeimizni yaxshilab oldik. Jamoamiz muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.
"Mash'al"ning hisobga olinmagan golida yon hakamga ko'p e'tiroz bildirdingiz va natijada sariq kartochka oldingiz. Nima uchun aynan qanot hakamiga ko'p e'tirozlar bo'ldi?
Menga holat shunday ko'rindiki, "Mash'al"ning hujumi paytida raqib o'yinchisi to'pni qo'li bilan o'ynadi. Bu vaziyatda o'yinni to'xtatish kerak bo'ladi, lekin bahs davom ettirildi va "Mash'al" gol urdi. Shu bois men hakamga o'z fikrimni aytdim.
Maydonga yoshlarni o'yin tugashiga kam vaqt qolganida tushirdingiz. O'yin amaliyoti uchun bu kamlik qilmaydimi?
Superligada o'ynash uchun avvalo buni isbotlash kerak. Biz murabbiylar futbolchilarni kuzatib boramiz va shunga qarab ularning maydonda harakat qilishini belgilaymiz. Kim nimaga loyiq bo'lsa, shuni oladi. Shuning uchun bugun ba'zilarga dam berdik, ba'zilar ko'p o'ynadi, ba'zilar kam. Bu borada ish ketyapti. To'g'ri, hamma ko'proq o'ynashni xohlaydi, lekin har bir xato golga olib kelishi mumkin. Shu bois har qanday raqibni hurmat qilgan holda o'yin ko'rsatamiz. Shuningdek, tavakkal qilishni xohlamayman.
Doriyevning klub bilan qancha muddat shartnomasi bor va kelasi yil ham jamoada qoladimi?
Doriyev yaqinda klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Adashmasam, uch-to'rt yilga uzaytirdi. Uning o'yinga o'zini bag'ishlashi, mahorati bizga qo'l kelyapti. Doriyev ko'zi yonib futbol o'ynaydi. Shu qatorda yoshlarga o'rnak bo'lib kelyapti va legioner sifatida maydonda o'zini namunali tuta olyapti.
Superliga 15-turidan o'rin olgan "Mash'al" – "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng "Mash'al" bosh murabbiyi Sergey Lushchan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Superliga 15-turidan o'rin olgan "Mash'al" – "So'g'diyona" (1:3) uchrashuvidan keyin "Mash'al" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Sergey Lushchan: "Agar g'alaba qozonganimizda bu biz uchun olti ochkoga teng bo'lardi".
Navbahor bosh murabbiyi Timur Kapadze jamoasining Xorazm ustidan qozongan yirik g'alabasi (5:1) haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadzening "Navbahor" - "Xorazm" (5:1) o'yinidan keyingi matbuot anjumanidagi fikrlari.
«Paxtakor» bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev «Andijon»ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Andijon» hamda «Paxtakor» (0:0) bahsidan so'ng «Paxtakor» ustozi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi.
O'yinni qiyin bo'lishini bilardik. Yigitlarga tushuntirgandik. Futbolchilar o'z saviyasida o'yin ko'rsatishdi. Butun bahs davomida yaxshi o'yin ko'rsatdik. Gol urdik, hisoblanmadi. G'alaba qozonishga berishmadi, «Andijon» jamoasi emas, bunaqa o'ynash qiyin.
- «Andijon» jamoasi emas, deb aytib o'tdingiz. To'liqroq izoh bera olasizmi?
O'zlari bilishadi, ko'rganlar ham bilishadi. «Andijon» yaxshi jamoa. Lekin bugun biz ochko yo'qotdik. Bizga har bir ochko juda muhim.
- Matbuot anjumanlarida doimo o'yinchilar to'g'risida to'liq ma'lumot berib kelgansiz. Rustam Turdimurodovni «Andijon»ga o'tishi qanchalik haqiqat?
Bilmayman, bu haqida eshitmaganman. Bu gap qaerdan chiqdi, bilmayman!
- Qaydnomadan o'rin olishmagan Xojimat Erkinov va Hojiakbar Alijonovda jarohat bormidi?
Hojimat shu yerda edi, tiklana olmadi. Kichik jarohati bor. Alijonovda ham biroz jarohat bor.
- Qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatga izoh bera olasizmi?
Ko'rib chiqishimiz kerak. Ko'rmasdan turib gapira olmaymiz. Ko'rganimizdan keyin aytsa bo'ladi.
- «Paxtakor» chempionlik uchun kurashyapti. Bugungi durang jamoangizni chempionlik yo'lidagi imkoniyatlariga qanchalik ta'sir qiladi?
Hali chempionatni yarmi oldinda. Oldinda ikkinchi davra turibdi, ko'p o'yinlar bor. Hozir hamma ochko yo'qotyapti. Barcha jamoalar kuchli, yengil bo'lmaydi. Baribir biz oxirigacha kurashamiz. Oldimizda maqsadimiz bor. Faqat keyingi o'yinlarni yutishga harakat qilamiz.
Tajribali yarim himoyachi Abbos G‘ulomov faoliyatini «Nasaf» safida davom ettiradigan bo‘ldi. Tomonlar mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolashdi.
Vodiy klublaridagi ishonchli va sermahsul o‘yinlari bilan tanilgan tajribali yarim himoyachi Abbos G‘ulomov faoliyatini «Nasaf» safida davom ettiradi. 🔥
Tomonlar o‘rtasida erishilgan kelishuvga ko‘ra, futbolchi mavsum yakuniga qadar jamoa sharafini himoya qiladi. Shuningdek, shartnomani uzaytirish bandi ham bitimdan o‘rin olgan.
🐲 «Ajdarlar» oilasiga xush kelibsan, Abbos!
28 yoshli yarim himoyachi Abbosjon G‘ulomov «Navbahor» bilan xayrlashdi. Futbolchi jamoa safida 1,5 mavsum davomida 48 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Ayni paytda milliy chempionatimizda davom etayotgan yozgi transfer oynasida jamoamiz tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, 28 yoshli mahoratli yarim himoyachi Abbosjon G‘ulomov «Navbahor» safini tark etdi.
«Lochinlar» tarkibiga 2025 yilgi mavsumda qo‘shilgan G‘ulomov ortda qolgan 1,5 mavsum davomida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta golga mualliflik qilgan holda, 4 ta golga assistentlik qildi.
Bundan tashqari, Abbosjon G‘ulomov o‘tgan mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan «Yil kashfiyoti» mukofotini qo‘lga kiritgan.
Biz jamoamiz safida o‘tkazgan yorqin o‘yinlari uchun Abbosjon G‘ulomovga minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi faoliyatida omad hamda zafarlar tilab qolamiz. Barchasi uchun rahmat, Abbosjon!
Gruziyalik futbolchi Paata Gudushauri «Nasaf» jamoasi tarkibiga kelib qo'shildi.
Paata Gudushauri — yangi «ajdar»! 🐲
Andijon klubi Shohmalik Komilov, Artyom Potapov va Nodirxon Ne'matxonovni Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Andijon klubi Shohmalik Komilov, Artyom Potapov va Nodirxon Ne'matxonovni Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi. 🔵
«Andijon»ning yangi darvozaboni Artyom Potapov jamoaga moslashuvi, maqsadlari va muxlislar haqida intervyu berdi.
«Andijon» klubi transfer qilgan yangi futbolchilari orasida rossiyalik darvozabon Artyom Potapov ham borligini bilasiz. U jamoaga moslashib ketdi va mashg'ulotlarda ham astoydil ishlamoqda.
Bilasiz, Potapov yurtimizda hozirga qadar «Surxon» bilan «Xorazm»da faoliyat olib borgan. Endilikda «Andijon» sharafini himoya qiladi.
Darvozabon bu boradagi dastlabki intervyusini berdi.
Artyom, «Andijon»ga ko'chib o'tishingizning asosiy sababi nima?
«Andijon»ga kelib qo'shilish varianti paydo bo'lganidayoq o'ylab o'tirmasdan qaror qabul qildim. Chunki uni o'ziga xos tarix va katta ishqibozlar armiyasiga boy klub sifatida bilaman. Murabbiylar shtabi ham kuchli ijrochilardan. Futbolchilarni hammasi ham qobiliyatli.
Bungacha siz O'zbekistonda «Surxon» va «Xorazm» uchun o'ynagansiz. Faoliyatingizning «Andijon»dagi yangi bosqichida nimalarni kutyapsiz?
Yuqori talabga mos tushishga harakat qilaman. Kerakli natijalar qo'lga kiritilishi uchun o'zimdagi bor kuchni sarflashga tayyorman va bu bilan muxlislarni quvontirish maqsadim bor.
Yangi jamoada himoyachilar bilan darvozabonning bir-birlarini tushunishlari qay darajada muhim?
Bunday futbolchilar jamlangan jamoada kirishib ketish hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi. Shunday muhitda futbol maydonida ham, uning tashqarisida ham bir-biringiz bilan osongina til topishish mumkin.
«Andijon» ishtirokidagi uchrashuvlarda stadiondagi muhit haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Klub ishqibozlariga nima degan bo'laridingiz?
Nafaqat eshitganman, balki ilgari bu stadionda o'zim ham o'ynab muhitni qandayligini sezganman. Ajoyib qo'llab-quvvatlash! Bu yerda har bir uy o'yini haqiqiy bayramga aylanib ketadi.
Hozirgacha qaysi o'yin yoki qaysi seyvingizni faoliyatingizdagi eng esda qolarlisi deb hisoblaysiz?
Siz sanab o'tgan jihatlar juda ham ko'p. Qaysi birini esga olishni ham bilaman. Ammo umid qilamanki, eng yaxshilari hali oldinda!
«Andijon» tarkibida mavsumning ikkinchi qismi uchun o'zingizga shaxsiy maqsad sifatida nimani qo'ymoqchisiz?
Maksimal darajada g'alaba qozonish va o'yinlarni quruq o'tkazishni istayman.
«Andijon» muxlislariga uchta so'z bilan ta'rif bera olsangiz qaysi xususiyatlarini sanab o'tgan bo'lardingiz?
Ishonchli, tajribali va umidli!
Bunyodkor futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar yuzasidan rasmiy bayonot berib, vaziyatdan chiqish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirgan holda quyidagilarni ma’lum qiladi: avvalo Bunyodkor futbol klubining bugungi kuni uchun qayg‘urayotgan OAV xodimlari, muxlislar, bloggerlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Klubimiz iqtisodiy tomondan qiyin kunlarni boshdan o‘tkazayotgani rost. Ammo o‘zining ajoyib tarixi, katta infratuzilmasi, ikki yulduzli akademiyasiga ega klubimiz vaziyatdan chiqish uchun jiddiy ish olib bormoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining qarori bilan hukumatimiz tomonidan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni klub hisob raqamiga yo‘naltirishni tezlashtirish, qolaversa, klubga homiy biriktirish masalalari bo‘yicha ishlar jadallashgan. Jamoamiz ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shunga umid qilamizki, davlatimiz rahbari yurtimizda futbolga juda katta e’tibor qaratayotgan bir davrda Bunyodkor futbol klubidagi vaziyat hukumatimiz tomonidan e’tiborsiz qoldirilmaydi.
Andijon klubi yozgi transfer oynasi doirasida Artyom Potapov, Nodirxon Ne'matxonov va Shohmalik Komilov bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Artyom Potapov, Nodirxon Ne'matxonov va Shohmalik Komilov Andijonning yangi futbolchilari!
Yozgi seleksiyada tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida transfer oynasi ochilganidan unumli foydalangan jamoamiz uch nafar futbolchilar bilan rasman kelishuvga erishdi. Bular – darvozabon Artyom Potapov, himoyachi Nodirxon Ne'matxonov va yarim himoyachi Shohmalik Komilov.
Artyom Potapov - 1994 yilning 28 iyun kuni Rossiyaning Orenburg shahrida tavallud topgan. Ampluasi darvozabon. Faoliyati davomida Rossiyaning Akron, Krasnodar 2, UFA 2, Mordoviya, Krilya Sovetov, SKA Xabarovsk, Xorvatiyaning Luko, Belarusning Torpedo Minks, Minsk, Qozog'istonning Qaysar, Armanistonning Alashkert va Ararat klublari sharafini himoya qilgan. U 2023 yilda yurtimizga kelgan va hozirga qadar Surxon bilan Xorazmda faoliyat olib borgan. Joriy mavsumning dastlabki qismida Artyom termizliklar safida 2 ta o'yin maydonga tushgan. Faoliyati davomida esa 231 ta o'yin o'tkazgan.
Nodirxon Ne'matxonov – 2001 yilning 14 iyun sanasida Toshkentda tavallud topgan. Ampluasi himoyachi. Paxtakor klubi tarbiyalanuvchisi. Bunga qadar u Paxtakor U21, OKMK U21, Sho'rtan, Neftchi va Surxon jamoalarida to'p tepgan. Ne'matxonov mavsumning dastlabki qismida termizliklar tarkibida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Faoliyati davomida 80 ta o'yinda ishtirok etgan.
Shohmalik Komilov – 2000 yilning 14 mart kuni Qashqadaryoda tavallud topgan. Ampluasi – yarim himoyachi. Shu kunga qadar Nasaf, Dinamo, Turon, Buxoro, Merani Martvili (Gruziya) va Navbahor klublarida faoliyat olib borgan. Joriy yilgi mavsumning dastlabki qismida namanganliklar safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol muallifi va 1 ta assist qayd etdi. Faoliyati mobaynida 134 ta o'yinda qatnashgan, 17 ta gol urgan.
Ishonamizki, ushbu futbolchilar jamoamizning yangi g'alabalariga munosib hissa qo'shgan holda muxlislarning ishonchni oqlaydi.
Jamoamizning ahil oilasiga xush kelibsizlar! 👍
Nigeriyalik yarim himoyachi Ifeanyi Ifeanyi Muborakning «Mash'al» klubi bilan yarim yillik shartnoma imzoladi.
Muborakning «Mash'al» futbol klubi tarkibini tajribali futbolchi bilan kuchaytirishda davom etmoqda.
Nigeriyalik yarim himoyachi Ifeanyi Ifeanyi klubimiz bilan 2026-yil yakuniga qadar mo'ljallangan yarim yillik shartnoma imzoladi.
30 yoshli futbolchi markaziy yarim himoya chizig'ida harakat qiladi. Shuningdek, u hujumkor va tayanch yarim himoyachi pozitsiyalarida ham o'ynay oladi. Ifeanyi Nigeriya milliy terma jamoasi safida ham to'p surgan tajribali futbolchi hisoblanadi. Futbolchilik faoliyati davomida «MFM», «Akwa United», Jazoirning «ES Setif», Iroqning «Newroz» va «Al-Najaf», shuningdek, O'zbekistonning «Qizilqum» klublarida faoliyat olib borgan.
Ifeanyi Ifeanyi «Mash'al» uchun begona emas. U 2020–2021-yilgi mavsumda jamoamiz sharafini munosib himoya qilgan va endi yana jamoaga yordam berish, o'zining boy tajribasini ishga solish uchun Muborakka qaytmoqda.
«Mash'al» futbol klubi Ifeanyi Ifeanyini yana o'z safiga qaytgani bilan qutlaydi va unga jamoamiz bilan yangi muvaffaqiyatlar tilaydi!
Andijon himoyachisi Nemanya Chalasan Paxtakorga qarshi o'yindagi qizil kartochka va jamoaning durang natijasi haqida gapirdi.
«Andijon»ning o'z maydonida «Paxtakor»ga qarshi o'tgan uchrashuvi shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi, faqat gol yetishmadi. Qolaversa, qizil kartochkalar bilan ham yodda qoladigan bo'ldi. Mezbonlardan ikkita, mehmonlardan bir nafar o'yinchi maydondan chetlatildi.
Uchrashuvdagi dastlabki qizil kartochka «Andijon»ning serbiyalik himoyachisi Nemanya Chalasanga ko'rsatildi.
Futbolchi esa «Paxtakor»ga qarshi o'yin, qizil kartochka va stadiondagi muhit haqida intervyu berdi.
- Nemanya, o'yin sizda qanday taassurot qoldirdi?
- O'ylaymanki, agar biz maydonda 11 ga 11 bo'lib qolganimizda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Menda shunday ichki tuyg'u bor edi. Qolavresa, ishqibozlarimiz bizni faqat oldinga undashdi va ularning daldasi, ko'magida albatta gol kiritgan bo'lardik.
- O'yin chog'ida uch marta qizil kartochka ko'rsatildi, shulardan biri sizga. O'sha holatni qanday izohlab bergan bo'lardingiz?
- Men olgan qizil kartochkaga kelsak, to'pni maydon markazidagi Cheranga uzatmoqchi bo'ldim. Lekin raqib mening bu rejamni oldindan o'qidi va to'pni egallab oldi. Qo'limdan keladigan yagona ish – qoidani buzishdan iborat edi. Bu mening xatoim va jamoaga pand berib qo'yganimni yaxshi tushunib turibman. Martinga kelsak, u qizil kartochkaga munosib ish qilmagandi.
- Maydonda yuz bergan voqealardan kelib chiqib, xulosa qilsak, 0:0 natijasi o'yinga mos keladimi?
- Rostini aytsam, o'yin oxirida deyarli tengma-teng tarkib bilan to'p surganimizda bemalol bellashuvni yutgan bo'lardik. Boya aytganimdek, muxlislarimiz bizga g'alaba qozonishimizga yordam berishardi. Kamchilik bo'lib o'ynab, 0:0 hisobidagi durangga kelsak, buni yomon natija deb hisoblab bo'lmaydi. Natijadan ko'nglim to'ldi.
- Olgan qizil kartochkangiz faoliyatingizdagi nechanchisi?
- Men tez-tez qizil kartochka oladigan o'yinchilar sirasiga kirmayman. O'ylaymanki, agar xotiram pand bermayotgan bo'lsa, bu faoliyatimdagi uchinchi qizil kartochkadir.
- Stadiondagi muhit sizga yoqdimi?
- Stadiondagi muhit har doim ham qoyilmaqom darajada. Bu borada ishqibozlarimizga teng keladigani yo'q. Ularning bizga ko'rsatayotgan beqiyos darajadagi qo'llab-quvvatlashlari uchun katta rahmat aytaman.
- Birinchi davra nihoyasiga yetdi. Jamoaning ishtirokini qanday baholaysiz?
- Futbolda har doim o'sish va rivojlanish uchun joy qoladi. Mavsumning ikkinchi qismida xatolarimizni to'g'rilashimizga va yanada kuchliroq o'yin namoyish qilishga harakat qilamiz.
- Qizil kartochka olgan paytingizda ishqibozlar sizni qarsaklar bilan kuzatib qo'yishdi. Shundan so'ng kiyim xonaga yo'l oldingiz. Jamoani ozchilik bo'lib qoldirganingizdan va gol o'tkazib yuborish ehtimoli borligini o'ylab, bundan qay darajada qayg'urdingiz?
- Yashirmayman, men juda ham bundan qayg'urdim. Albatta, muxlislarning meni maydondan olqishlar bilan kuzatib qo'yishgani yuragimni to'lqinlantirib yubordi. Ularga buning uchun katta rahmat aytmoqchiman. Tabiiyki, jamoaga pand berib qo'yar ekansan, albatta bundan iztirobga tushasan. Ishqilib, durang natijani ushlab qolaylik, yutqazib qo'ymasak bo'ldi, degan fikr xayolimdan ketmadi.
- Qizil kartochka olganingizdan so'ng Boake ham ortingizdan kiyimxonaga qizil kartochka olgan holda yo'l oldi. Uni kiyimxonada ko'rganingizdan hayron qolgandirsiz?
- Martinning ham kiyimxonaga tushganini ko'rib to'g'risi hayron qoldim. Ammo bu futbol va ushbu o'yinda istalgan voqea yuz berishi mumkin. Maydonda doim katta bosim hukmronlik qiladi. Ba'zi-ba'zida ehtiroslar ustunlik qilib, qoida buzganingni ham bilmay qolar ekansan.
Iroqlik hujumchi Ayman Hussayn «Paxtakor» safiga qo'shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ayman Hussayn «Paxtakor» futbolchisi!
«Paxtakor» matbuot xizmati xabariga ko'ra, «AKFA» bilan «Paxtakor» yanada kuchli!
Surxon bosh murabbiyi Anvar G'ofurov Qo'qon-1912 jamoasiga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Uchrashuv haqida fikrlaringiz?
— Avvalo, bugungi g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Har ikki jamoa uchun ham bu uchrashuv juda muhim edi, chunki ikkala jamoaga ham ochkolar zarur edi. Shu sababli maydonda kurashlarga boy va shiddatli o‘yin kechdi. Raqibimiz ham uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rganini namoyish etdi.
Futbolchilarimiz bugun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishdi. Ularning mehnati evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Albatta, hali ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Oldinda yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatish uchun mehnat qilishda davom etamiz. Fursatdan foydalanib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun uzoq yo‘l bosib kelgan barcha muxlislarimizga samimiy minnatdorchilik bildiraman.
— O‘yindagi yagona gol muallifi Richard Fridayni almashtirishga nima sabab bo‘ldi? U yaxshi o‘yin namoyish etayotgan edi.
— Uchrashuv davomida maydondagi har bir futbolchining jismoniy holatini muntazam kuzatib boramiz. Richard ham o‘z vazifasini yaxshi bajardi, biroq o‘yinning o‘sha pallasida biroz charchagani sezildi.
Gol o‘tkazib yuborganidan keyin Qo‘qon jamoasi hujumkor o‘yinga o‘tdi va barcha kuchini oldinga tashladi. Biz esa qarshi hujumlardan unumli foydalanish va o‘yin tempini saqlab qolish maqsadida yangi kuchlarni maydonga tushirdik. Shu sababli Richardni almashtirishga qaror qildik. Bu individual qarordan ko‘ra, jamoaviy taktika va uchrashuvning borishidan kelib chiqqan qaror edi.
Andijon himoyachi Nodirxon Ne'matxonov bilan tuzilgan shartnoma o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilinganini e'lon qildi.
Ma'lumki, bir necha kun muqaddam jamoamiz uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolagan edi. Ularning orasida himoyachi Nodirxon Ne'matxonov ham bor edi.
Biroq keyinchalik o'yinchining shaxsiy masalalari tufayli tomonlarning o'zaro kelishuvi asosida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma'lum qilamiz.
Futbolchining keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!
Superliga 15-turidan o'rin olgan "Mash'al" – "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Superliga 15-turidan o'rin olgan "Mash'al" – "So'g'diyona" (1:3) uchrashuvidan keyin "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Murabbiy mag'lubiyat sabablari, jamoa himoyasidagi muammolar hamda klubdagi moliyaviy qiyinchiliklar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— O'yin haqidagi fikringiz?
— Fikr aytmasdan ketsa ham bo'ladi-ya (kuladi). Xo'sh, nimadir aytishning o'zi mushkul. 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdik. Haqli mag'lubiyat bo'ldi, himoyada bunaqa o'yin ko'rsatmasligimiz kerak edi. Hozir nimadir orzu qila olmaymiz, ishlashda davom etamiz, oldimizda boshqa variant yo'q. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun g'alaba qozonganimizda bu biz uchun olti ochkoga teng bo'lardi. Lekin afsus...
— Bugun asosiy gollarni Lyupcho Doriyev urdi.
— Nega shunday bo'lganini Doriyevning o'zidan so'rash kerak. U yaxshi futbolchi. Agar unga jarima maydonchasi yaqinida zarba yo'llash imkonini bersangiz, odatda gol bilan tugaydi. Boshqalar ura olmadi, lekin Doriyev urdi.
— Azizbek Choriyevning o'yini haqidagi fikringiz?
— Markaziy himoyada muammolar borligi sabab shu futbolchini o'ynatdik. O'rinbosarlarimizdan to'rt nafari muntazam asosiy tarkib bilan shug'ullanib kelyapti. Xolmatovni, Choriyevni ko'rdingiz. Tez orada boshqa o'yinchilarni ham ko'rasiz. Choriyev himoyada zo'r o'ynadimi? Yo'q. Lekin birinchi o'yini bo'lgani uchun yomon emas.
— Ibrohimovning jarohati haqida?
— U tizzasidan jarohat oldi va tez orada sog'ayib safimizga qaytadi deb umid qilib qolamiz.
— "Bunyodkor" mablag' yo'qligi sabab safar o'yiniga bora olmadi. "Mash'al"da ham moliyaviy qiyinchiliklar bor. Klubning boshiga "Bunyodkor" holati tushmasmikin?
— "Bunyodkor"dagi vaziyatni to'liq bilmayman. Bizda esa holat boshqalar kabi, qariyb yarim yildan beri maosh olmayapmiz. "Bunyodkor" o'yinini boshqa kunga qoldirish imkoniyati ko'rib chiqilsa bo'lardi, yanayam aniqini bilmadim. Hammamiz vaziyat o'nglanishiga umid qilyapmiz. Superliganing yarim jamoasida qiyinchilik bor deb o'ylayman. Tez orada hammasi joyiga tushsa kerak.
«Andijon» bosh murabbiyi Islom Ahmedov «Paxtakor»ga qarshi o'yin (0:0) hamda jamoasidagi qizil kartochkalar va o'zgarishlar haqida fikr bildirdi.
«Andijon» - «Paxtakor» (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Islom Ahmedov matbuot anjumanida savollarga javob berdi.
O'yinni qiyin o'tishini bilardik. «Paxtakor» grand jamoa, tarkibida kuchli futbolchilar borligini bilamiz. Kuchli murabbiyga ega. Shuning uchun og'ir kechishini sezgandik, shunga qarab tayyorgarlik ko'rdik. O'z falsafamizdan kechmagan holda iloji boricha to'pni nazorat qilish, hujumkor o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Baribir «Paxtakor» bunga qarshilik ko'rsatdi va biz xohlagandek o'yin ko'rsata olmadik. Raqib kuchli edi. O'z maydonimizda muxlislarimizni g'alaba bilan xursand qilishni istagandik. Lekin durang bo'lib qoldi.
- Bitta uchrashuvda ikkita qizil kartochka – bu tartib-intizom masalasida o'ylantiradigan holat. Bu bo'yicha qanday izoh berasiz?
Birinchi vaziyatga keladigan bo'lsak, himoyachimiz pas orqali vaziyatdan chiqib ketmoqchi edi. Buni o'zimiz o'yinchilarimizga tushuntiramiz. Ha, xato bo'ldi. Oxirgi folni qo'lladi. Bu yerda tajovuzkorlik yo'q edi. Bu vaziyatda o'zini to'xtata olmasligi ham mumkin, chunki u oxirgi himoyachi. Darvozaga to'p kirib ketishi mumkinligini o'ylagan holda o'z-o'zidan raqibni ushlab qolish holati bo'ladi. Ikkinchi vaziyatni oqlamagan bo'lardim. To'g'ri aytyapsiz, ko'rib chiqib tegishli chora ko'ramiz.
- Ko'pchilik yana Xamidullo Karimovdan gol kutgandi. Bu futbolchi belgilangan vaqtda tushmagandek tuyuldi. U haqida fikr bildirsangiz.
Avvalgi o'yinlarda Karimov o'yin oxirlarida maydonga tushayotgandi. Bugun esa biroz ertaroq maydonga tushirdim. Ko'proq vaqt bermoqchi bo'ldik. Lekin majburiy o'zgarishlar ham bo'ldi, jarohati sababli o'yinchimiz o'yinni oxirigacha davom ettira olmadi. Xohlaysizmi-yo'qmi, Xamidullo Karimovga qarshi milliy jamoa o'yinchisi o'ynadi. O'zini imkoniyatini ko'rsatish qiyin bo'ladi.
- Maydon markazini kuchaytirish maqsadida Shoxmalik Komilovni maydonga tushirsangiz bo'lmasmidi?
Bo'lardi. Ammo Shoxmalik jamoamizga yaqindagina qo'shildi. O'yin falsafamizni tushuntirib boryapmiz. Vaqti kelib, uni ham maydonga tushiramiz.
- Qanot himoyachisi Mahmud Maxamadjonov o'zini yaxshi tomondan ko'rsatayotgandi. Almashtirilishiga nima sabab bo'ldi?
Majburiy o'zgarish bo'ldi. Uning o'zi jarohati sababli zaxiraga olishimizni so'radi. Natijada almashtirishga majbur bo'ldik.
Andijondagi bellashuvdan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Andijondagi bellashuvdan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.
Tojiyev: - O'yin qiyin bo'lishi aniq edi. Yigitlarga buni tushuntirdik va jamoa yaxshi o'yin namoyish qildi deb o'ylayman. Bugun g'alaba qozonishimizga yo'l qo'yishmadi, lekin sabab "Andijon" jamoasi emas. Ularda yaxshi jamoa bor, lekin bugun biz ochko yo'qotdik.
Alijonov va Erkinov kichik jarohati tufayli o'ynay olishmadi. Qizil kartochkalar berilgan vaziyatlarni hali ko'rib chiqmadim.
Mavsumning rosa yarmi oldinda. Hamma ochko yo'qotmoqda va yo'qotadi. Keyingi o'yinlarni yutishga harakat qilamiz.
Mirko Yelichich "Buxoro"ga qarshi kechgan bahs va qizil kartochka borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Mirko Yelichich: "Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bu jamoa turnir jadvalida 3-o'rinda turishi bejiz emas. Ularga qarshi o'ynash oson bo'lmagan. O'z navbatida futbolchilarimga ham rahmat aytaman. Bugun ikkala jamoa uch ochko uchun o'ynadi. Jamoamning kurashuvchanligidan mamnunman.
- Qizil kartochka haqida fikringiz.
Hozir kichik xatolar kechirilmayapti. Vaziyatni oldindan his qilish kerak edi. Bu vaziyat, ha, balki qizil kartochkadir. Lekin o'yinning bir qismi ekansan, barchasini his qilib turish kerak. Bugun ikkala jamoada ham e'tibor ko'proq hakamlarga qaratildi. Biroq bu narsa hech kimga yordam bermaydi.
U21 chempionati 15-turida Bunyodkor jamoasi uchrashuvga kelmagani uchun texnik mag'lubiyat qayd etildi.
U21 chempionati 15-tur o'yinlari davom ettirildi.
Bunyodkor U21 klubi Qizilqum bilan uchrashuvga kelmagani uchun o'yin bekor qilindi va Qizilqum U21 jamoasiga 3:0 hisobidagi texnik g'alaba, Bunyodkor U21 jamoasiga esa 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozildi.
Gruziyalik vinger Paata Gudushauri «Nasaf» safiga kelib qo‘shildi. Futbolchi mavsum yakuniga qadar Qarshi klubi sharafini himoya qiladi.
OChL 2 hamda Superliga bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan «Nasaf» transfer oynasidagi ilk muhim qadamini tashladi.
Gruziyalik vinger Paata Gudushauri «Nasaf» bilan kelishuvga erishdi. Tomonlar o‘rtasidagi bitimga ko‘ra, futbolchi mavsum yakuniga qadar jamoa sharafini himoya qiladi.
Oilamizga xush kelibsan, Paata! 🔥
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida Bunyodkor futbol klubiga 5 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.
Bunyodkor jamoasining ashaddiy ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shuni ma’lum qilamizki, klubimizga hukumatimiz tomonidan amaliy yordam berila boshlandi. Xususan, kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ-107-son “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Bunyodkor futbol klubiga 5 milliard so‘m ajratildi.
Buning uchun yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish yo‘lida katta islohotlar olib borayotgan davlatimiz rahbariga va hukumatimiz rasmiylariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Bunyodkor Superliganing navbatdagi uchrashuvlariga reja asosida tayyorgarlik ko‘rishda davom etadi.
Bunyodkor klubi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Navoiyga safar qila olmasligini ma'lum qildi.
🔵 Bunyodkor moliyaviy qiyinchiliklar sabab Navoiyga bora olmasligini ma’lum qildi.
«Andijon»ning yangi himoyachisi Nodirxon Ne'matxonov jamoaga o'tishi, klubdagi sharoitlar va muxlislar haqida fikr bildirdi.
«Andijon» klubi yozgi transferlar vaqtida tarkibiga qo'shib olgan 25 yoshli himoyachi Nodirxon Ne'matxonov jamoaga moslashuv jarayoni va kelajakdagi maqsadlari haqida gapirib o'tdi.
«Andijon»ga qo'shilganimdan juda xursandman. Murabbiylar shtabi tomonidan menga taklif bo'ldi. Eng zo'r variant, o'zimga ham «Andijon» juda yoqadi. Birinchi navbatda muxlislari. Bunday ishqibozlari bor jamoada o'ynash har qanday futbolchining orzusi deb o'ylayman. Chunki bunday atmosferada futbolchi maza qiladi. O'ylab o'tirmasdan bu taklifga rozi bo'ldim.
Ne'matxonov klubdagi infratuzilma va mashg'ulotlar darajasiga yuqori baho berdi:
«Andijon» haqida menda ma'lumot bor edi. Ammo bu yerga kelib futbol uchun hamma sharoit borligini ko'rib o'zim ham hayron qoldim. O'zbekistonda futbol shunchalik o'sayotganiga yana amin bo'lyapman. Bu yerdagi bazada hamma narsa futbol uchun. Mashg'ulotlar professional darajada. Tiklanish jarayonlari, trenajyor zali, basseyn – hamma narsa zo'r.
Himoyachi jamoa safidagi tajribali futbolchilardan o'rganishga tayyorligini ham ta'kidladi:
Bu yerda futbolchilarning saviyasi juda yuqori. O'yindan-o'yinga hamma ochilib boryapti. O'zini nimaga qodirligini ko'rsatyapti. Menga bulardan o'rganadigan narsam ko'p. Islom To'xtaxo'jaev, Nemanya Chalasan kabi futbolchilar ancha tajribali himoyachilar. Ulardan ko'p narsa o'rganyapman, menga yoqyapti.
Neftchi futbolchilari Abrorbek Ismoilov, Asilbek Jumayev va Yovan Jokich jarohat oldi. Ularning tiklanish muddatlari ma'lum qilindi.
Afsuski, so‘nggi uchrashuvlar jamoamiz uchun nafaqat natija, balki jarohatlar bilan ham yodda qolmoqda. Hozirda bir nechta futbolchimiz tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.
Abrorbek Ismoilov “Buxoro”ga qarshi bahsda o‘ng qovurg‘asidan jarohat oldi. Tibbiy tekshiruvlar xulosasiga ko‘ra, himoyachimiz taxminan bir oy davomida davolanish va tiklanish jarayonida bo‘ladi.
Asilbek Jumayev “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvda o‘ng tizzasidan jarohat olganiga qaramay, haqiqiy xarakter namoyish etib, “Navbahor”ga qarshi vodiy derbisida ham jamoasiga yordam berish uchun maydonga tushdi.
Tibbiy xulosaga ko‘ra:
o‘ng tizza bo‘g‘imi va sonning pastki qismi lat yegan;
o‘ng tizza bo‘g‘imida posttravmatik gemartroz aniqlangan.
Zarur tibbiy muolajalar amalga oshirildi, MRT tekshiruvi tayinlandi. Futbolchimizning taxminiy tiklanish muddati 7–10 kun etadi.
Yovan Jokich esa “Navbahor”ga qarshi uchrashuv oldidan chigalyozdi mashg‘ulotlari vaqtida avvalgi o‘ng Axill payi jarohatini qayta his qildi. Batafsil tekshiruvlardan so‘ng Axill payidagi muammo jarrohlik yo‘li bilan davolanishi belgilandi.
Tajribali legionerimiz yaqin kunlarda Yevropada jarrohlik amaliyotini o‘taydi. Rejaga ko‘ra, u 3–4 oy davom etadigan tiklanish jarayonidan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytadi.
“Neftchi” PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoa a’zolari va ko‘p sonli muxlislarimiz nomidan barcha jarohat olgan futbolchilarimizga tezroq sog‘ayib, maydonga yanada kuchliroq holatda qaytishlarini tilaymiz.
Biz bir oilamiz. Har qanday sinovdan ham birgalikda o‘tamiz. Sog‘ayib qayting, yigitlar!
Fikr qoldirish va reaksiya uchun Telegram orqali kiring.