Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Mash`al — yangiliklari

Mash`al va bog'liq yangiliklar

Murabbiy "Mash'al"ga qarshi o'yin va Doriyevning shartnomasi haqida

Murabbiy "Mash'al"ga qarshi o'yin va Doriyevning shartnomasi haqida

Murabbiy Mash'al ustidan qozonilgan g'alaba, hakamlar bilan bahs va legioner Doriyevning shartnomasi haqida fikr bildirdi.

— O‘yin biz uchun juda yaxshi boshlandi. Darhol gol urdik. Birinchi bo‘limda o‘yinni to‘liq nazorat qildik, ikkinchi bo‘limda ham vaziyatlar yaratishda davom etdik. Yana tezkor gol urildi, undan keyin uchinchi gol ham keldi va o‘ynash ancha yengillashdi.

Biz "Mash'al" jamoasini yaxshi o‘rgangan edik. O‘yindan oldin ularni tahlil qilganmiz. Ular qarshi hujumlarda, ayniqsa qanotlardan juda tez harakat qiladigan jamoa.

Ketma-ket ikkita mag‘lubiyatdan keyin bugungi g‘alaba futbolchilarga, avvalo, ruhiy jihatdan katta ishonch berdi. Bu natija turnir jadvalidagi holatimiz uchun ham muhim edi.

Shu sababli yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman va endi O‘zbekiston chempionati navbatdagi uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

— Birinchi bo‘limda "Mash'al"ning ilk goli urilganda siz yon hakamga qattiq e'tiroz bildirdingiz. Hatto ogohlantirish ham oldingiz. Nima sababdan aynan yon hakamga bunchalik e'tiroz qildingiz?

Men vaziyatni shunday ko‘rdimki, "Mash'al"ning hujumi vaqtida ularning futbolchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Shu sababli o‘yin to‘xtatilishi kerak edi.

Ammo hakam o‘yinni davom ettirdi va natijada "Mash'al" gol urdi. Men hakamlarga aynan shuni aytdim: mening fikrimcha, to‘p futbolchining qo‘liga tekkan edi. Bu qoida buzilishi hisoblanadi, shuning uchun gol hisobga olinmasligi kerak edi. E'tirozimning sababi shu.

Yosh futbolchilarga imkoniyat berish masalasida, bugun ikki nafar yosh futbolchini maydonga so‘nggi 7–8 daqiqalarda tushirdingiz. Bu ularning o‘yin amaliyoti uchun kam emasmi?

Maydonga tushish uchun avvalo futbolchi bunga loyiq ekanini isbotlashi kerak. Kimning saviyasi qanday bo‘lsa, shunga yarasha imkoniyat oladi.

Bugun ayrim futbolchilarga dam berdik, ayrimlari ko‘proq vaqt o‘ynadi. Yosh futbolchilar esa kecha yoshlar jamoasi safida ham maydonga tushishgandi. Bu odatiy jarayon.

Albatta, har bir futbolchi ko‘proq vaqt o‘ynashni xohlaydi. Lekin vaziyat shundayki, har qanday xato golga sabab bo‘lishi mumkin. Futbolda esa bitta gol ham o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuboradi.

Biz raqibni hurmat qilamiz, futbolni hurmat qilamiz. Shu sababli ortiqcha tavakkal qilmaymiz va futbolchilarga zarur bo‘lgan vaqtni beramiz.

— Doriyev bilan shartnoma qancha muddatga tuzilgan? U yangi mavsumda ham jamoada qoladimi?

Yaqinda uning shartnomasi uzaytirildi. Nazarimda, uch yoki to‘rt yilga. Aniq muddatini rahbariyat yaxshi biladi.

Bugungi o‘yinini o‘zingiz ham ko‘rdingiz. Uning mahorati, fidoyiligi, maydondagi ishtiyoqi juda yuqori.

U yosh futbolchilarimiz uchun haqiqiy o‘rnak. Legioner futbolchi qanday harakat qilishi kerakligini amalda ko‘rsatmoqda.

U gol uradi, jamoaga foyda keltiradi, samarali o‘ynaydi. Nafaqat o‘yini, balki ruhiy tomondan ham yosh futbolchilarga yordam beradi va ularning rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Shu sababli unga alohida minnatdorchilik bildiraman.

Mash'al Komiljon Tojiddinov bilan shartnoma imzoladi
FCMASHAL.UZ ↗ Transfer

Mash'al Komiljon Tojiddinov bilan shartnoma imzoladi

Mash'al futbol klubi yarim himoyachi Komiljon Tojiddinov bilan shartnoma imzoladi.

Mash'al futbol klubi yarim himoyachi Komiljon Tojiddinov bilan shartnoma imzolaganini mamnuniyat bilan e'lon qiladi.

1999 yil 19 avgust kuni tug'ilgan Komil Tojiddinov tayanch yarim himoyachisi sifatida harakat qiladi. Shuningdek, u markaziy hamda o'ng yarim himoya chizig'ida ham samarali o'yin namoyish eta oladi.

Komil Tojiddinov o'zining mehnatsevarligi, maydon markazidagi ishonchli harakatlari va jamoaviy o'yini bilan ajralib turadi. Uning tajribasi Mash'alning mavsum davomidagi maqsadlariga erishishida muhim omillardan biri bo'lishiga ishonamiz.

Mash'al futbol klubi Komil Tojiddinovni jamoamiz safiga qo'shilgani bilan samimiy qutlaydi va unga muboraklik libosida muvaffaqiyatli o'yinlar, yorqin g'alabalar hamda omad tilaydi!

Mash'al serbiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
FCMASHAL.UZ ↗ Transfer

Mash'al serbiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Muborakning Mash'al klubi serbiyalik markaziy himoyachi Strahinya Boshnyak bilan 2026 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi.

Muborakning Mash'al futbol klubi yozgi transferlar davrida tarkibini yana bir tajribali himoyachi bilan kuchaytirdi. Jamoa serbiyalik markaziy himoyachi Strahinya Boshnyak bilan 2026 yil mavsumi yakuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.

27 yoshli futbolchi 1999 yil 18 fevralda Serbiyaning Kralevo shahrida tug'ilgan. U 1,84 metr bo'yga ega bo'lib, chap oyoqda o'ynaydi. Asosiy pozitsiyasi — markaziy himoyachi. Strahinya Serbiya va Bosniya va Gersegovina fuqaroligiga ega.

Boshnyak futbolchilik faoliyatini OFK Belgrad akademiyasida boshlagan, keyinchalik Serbiyaning mashhur Partizan akademiyasida tahsil olgan. Katta futbolda esa Partizan, Vojdovats, Jarkovo, Radnichki (Sremska Mitrovitsa), Italiyaning Gravina hamda so'nggi marta Serbiyaning Dubochitsa (Leskovats) klublari safida to'p surgan. Himoyachi Serbiyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida ham muntazam o'ynagan. U U-16, U-17, U-18 va U-19 jamoalarida jami 40 dan ortiq uchrashuvda ishtirok etgan, U-21 terma jamoasi safida esa bitta rasmiy o'yinda maydonga tushgan.

Klub rahbariyati tajribali va chap oyoqda ishonchli harakat qiladigan markaziy himoyachining kelishi jamoa himoya chizig'ida raqobatni yanada kuchaytirishi hamda Mash'alning mavsum oldiga qo'ygan vazifalarini bajarishida muhim o'rin tutishiga ishonch bildirmoqda.

Mash'al futbol klubi Strahinya Boshnyakni jamoamiz safiga qutlaydi va unga Muborakda omadli faoliyat, muvaffaqiyatli o'yinlar tilaydi!

Bog'liq yangiliklar

Otabek Shukurov Mash'al futbolchilari bilan uchrashdi

Otabek Shukurov Mash'al futbolchilari bilan uchrashdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov o'zining ilk akademiyasi bo'lgan Mash'al futbolchilari bilan uchrashib, ularni ruhlantirdi.

Superliga doirasidagi uchrashuvdan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, Mash'al akademiyasi tarbiyalanuvchisi Otabek Shukurov Toshkentda jamoamiz futbolchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Shukurov futbolchilarga iliq tilaklarini bildirib, mavsumning qolgan qismida ishonch, jipslik va kurashchanlik bilan harakat qilishga chaqirdi. O'zi bosib o'tgan futbolchilik yo'li haqida gapirib, mehnat va intizom har qanday futbolchini katta yutuqlarga olib chiqishini ta'kidladi.

Shuningdek, Otabek Shukurov jamoaga o'z imzosi tushirilgan esdalik futbolkasini sovg'a qildi. Bu sovg'a futbolchilar uchun yoqimli xotira va qo'shimcha motivatsiya bo'ldi.

Aytish joizki, Otabek Shukurov aynan Mash'al akademiyasida kamol topib, katta futbolga yo'l olgan. Akademiya bugungi kunga qadar O'zbekiston futboliga Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov va boshqa ko'plab iqtidorli futbolchilarni yetkazib bergan yurtimizdagi eng nufuzli futbol maktablaridan biri hisoblanadi.

Izzatillo Abdulhaqov «Mash'al» safiga qaytdi
FCMASHAL.UZ ↗ Transfer

Izzatillo Abdulhaqov «Mash'al» safiga qaytdi

Izzatillo Abdulhaqov ijara muddati yakunlangach, «Mash'al» jamoasiga qaytdi.

Izzatillo Abdulhaqov yana «Mash'al» futbolchisi!

«Mash'al» klubi futbolchisi Izzatillo Abdulhaqov ijara muddati yakunlanganidan so'ng jamoamiz safiga qaytdi.

Abdulhaqov o'tgan mavsumning bir qismini Kattaqo'rg'on jamoasida ijara asosida o'tkazib, o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Endi u yana «Mash'al» sharafini himoya qilishga tayyor.

Klubimiz Izzatilloga yangi mavsumda omad, muvaffaqiyatli o'yinlar va jamoamiz bilan katta g'alabalar tilaydi.

Xush kelibsan, Izzatillo! 💙🖤