✌️ Shohmalik Komilov jamoamizni tark etdi
Ayni paytda milliy chempionatimizda davom etayotgan yozgi transfer oynasida jamoamiz tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, 26 yoshli mahoratli yarim himoyachi Shohmalik Komilov Navbahor safini tark etdi. Lochinlar tarkibiga qo‘shilgan Komilov ortda qolgan 1,5 mavsum davomida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qilgan holda, 5 ta golga assistentlik qildi.
Biz jamoamiz safida o‘tkazgan o‘yinlari uchun Shohmalik Komilovga minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz.
🔵 Navbahor PFK matbuot xizmati.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!