Muhammadjon Hakimov Paxtakorga qarshi bahsda Bunyodkor tarkibida Superligada debyut qilib, joriy mavsumning eng yosh futbolchisiga aylandi.
Muhammadjon Hakimov Paxtakorga qarshi bahsda Bunyodkor tarkibida Superligada debyut qildi va ushbu mavsum maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi (16 yosh, 295 kunlik).
Ma'lumot uchun, 2025-yilda ham Bunyodkor jamoasi futbolchisi mavsumda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangan edi.
Doston Hamdamov "Bunyodkor" darvozasiga kiritgan to'p "Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatidagi tarixiy 2200-goliga aylandi.
"Bunyodkor" bilan uchrashuvda Doston Hamdamov kiritgan to'p "Sherlar"ning O'zbekiston chempionatidagi 2200-goliga aylandi.
Milliy chempionatlardagi ilk golimizni Oleg Sinelobov 1992-yil Kosonsoyda "Kosonsoychi" jamoasi darvozasiga urgan. 100-gol esa Shuhrat Maqsudov hisobiga yozilgan. Himoyachi bo'lishiga qaramay, Ulug'bek Ro'zimov ikki bor yubiley gollari muallifiga aylangan. Zayniddin Tojiyev, Aleksandr Geynrix va Igor Sergeyev ham shunday natijaga erishganlar. Geynrix "Paxtakor"ning 1000-golini urgani e'tiborga molik. 2005-yil Toshkentda "Metallurg"ga qarshi bellashuvda u bunga muvaffaq bo'lgan. 2000-gol 2022-yil Bekoboddagi bahsda Aziz Turg'unboyev hisobiga yozilgan.
Quyida yubiley gollar mualliflari bilan tanishing:
1 - Oleg Sinelobov 100 - Shuhrat Maqsudov 200 - Ulug'bek Ro'zimov 300 - Ulug'bek Ro'zimov 400 - Samad Narziqulov 500 - Igor Shkvirin 600 - Soli Qurbonov 700 - Leonid Koshelev 800 - Server Jeparov 900 - Zayniddin Tojiyev 1000 - Aleksandr Geynrix 1100 - Iheruome Uche 1200 - Zayniddin Tojiyev 1300 - Aleksandr Geynrix 1400 - Sherzod Karimov 1500 - Oybek Qilichev 1600 - Stanislav Andreyev 1700 - Igor Sergeyev 1800 - Marat Bikmayev 1900 - Igor Sergeyev 2000 - Aziz Turg'unboyev 2100 - Abdulla Abdullayev 2200 - Doston Hamdamov
Paxtakor bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev Xorazmga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Xorazm" bilan bellashuvdan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.
O'yin haqida gapiradigan bo'lsak, uchrashuv boshidayoq o'tkazib yuborilgan gol baribir ozgina ruhiy ta'sir ko'rsatdi. Keyin o'zimizga keldik, gol urdik, yaxshi vaziyatlar yaratdik. Yigitlar bugun yaxshi harakat qilishdi, oxirigacha kurashishdi. Ikkinchi golni ham kiritdik va yana ko'plab vaziyatlar bo'ldi, biroq ulardan foydalana olmadik. Endi, bu – futbol. Har o'yinda shunday kurashmasak, g'alaba qozona olmaymiz. Bugun barcha yigitlar kurashib, oxirigacha o'ynab, juda muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Ularning barchasiga rahmat aytaman.
O'tgan uchrashuvda ham 1:0 dan keyin himoyaga o'tib olgandik. Hozir buning ustida ishlayapmiz, yigitlar bilan gaplashyapmiz. Balki, bu ozgina ruhiy holat bilan bog'liqdir. Xudo xohlasa, bu kamchilikni bartaraf etamiz. Biz ularga "orqaga yotib olinglar", demayapmiz, balki ular ham gol o'tkazib yuborishdan qo'rqishyaptimi, bilmadim. Lekin bu jihat ustida ishlayapmiz, chunki ko'p o'yinlarda shu holat kuzatilyapti.
Navbahor va Paxtakor klublari O'zbekiston Superligasi tarixida 1000-o'yinini o'tkazadigan ilk jamoalarga aylanadi.
Bugun jamoamiz O'zbekiston Superligasining 12-turidan o'rin olgan bahsni o'z maydonida OKMKga qarshi o'tkazadi.
Ma'lumki, “Navbahor” milliy chempionatimizga asos solinganidan buyon Superliganing muntazam ishtirokchisi bo'lgan ikki jamoaning biri (“Paxtakor” bilan birgalikda) hisoblanadi. Bugungi o'yin “lochinlar”ning milliy chempionatimizdagi yubiley – 1000-uchrashuvi hisoblanadi.
Shuningdek, bugun o'z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qiladigan “Paxtakor” ham Superligadagi 1000-o'yinini o'tkazadi va ushbu ikki klub milliy chempionatimizda minglik dovonni ilk bora zabt etgan jamoalar sifatida tarixdan joy oladi.
Bo'lajak 1000-uchrashuvda vakillarimizga omad yor bo'lib, muxlislarga quvonch ulashishlariga tilakdoshmiz.
Andijondagi bellashuvdan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Andijondagi bellashuvdan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.
Tojiyev: - O'yin qiyin bo'lishi aniq edi. Yigitlarga buni tushuntirdik va jamoa yaxshi o'yin namoyish qildi deb o'ylayman. Bugun g'alaba qozonishimizga yo'l qo'yishmadi, lekin sabab "Andijon" jamoasi emas. Ularda yaxshi jamoa bor, lekin bugun biz ochko yo'qotdik.
Alijonov va Erkinov kichik jarohati tufayli o'ynay olishmadi. Qizil kartochkalar berilgan vaziyatlarni hali ko'rib chiqmadim.
Mavsumning rosa yarmi oldinda. Hamma ochko yo'qotmoqda va yo'qotadi. Keyingi o'yinlarni yutishga harakat qilamiz.
Paxtakor O‘zbekiston chempionatida o‘zining 2200-golini urdi. Bu natijaga Bunyodkorga qarshi o‘yinda Doston Hamdamov erishdi.
Paxtakor O‘zbekiston chempionatida 2200-golini urdi. Bunyodkor bilan uchrashuvda Doston Hamdamov kiritgan to‘p «sherlar»ning O‘zbekiston chempionatidagi 2200-goliga aylandi.
Toshkent derbisidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
Toshkent derbisidan so'ng Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
Tojiyev: - Bahsni yaxshi boshladik, ilk daqiqadayoq juda qulay vaziyatdan foydalana olmadik. Ko'plab imkoniyatlarni ko'kka sovurdik. Shu sababli o'yin oxiri yana asabiy kechdi. Kamchiliklar ustida ishlayapmiz. Mashg'ulotlarda buni yigitlarga ko'rsatyapmiz. Vaziyatlar yetarlicha bor, ulardan aniq foydalansak bas. Keyingi uchrashuvlarda ijobiy o'zgarishlar qilishga intilamiz. Uzoq muddatli tanaffusdan keyin ruhan tiklanishimiz qiyin kechmoqda. Buni tuzatishga urinamiz.
Tez orada yana bir hujumchi bilan shartnoma imzolashimiz kutilmoqda. Bu bizga yordam beradi deb o'ylayman.
Toshkentning "Paxtakor" klubi O'zbekiston chempionati tarixida 1000-o'yinini o'tkazdi. Jamoa g'alaba va gollar soni bo'yicha rekordchi hisoblanadi.
"Lokomotiv"ga qarshi bahs jamoamiz uchun O'zbekiston chempionatidagi 1000-bellashuvga aylandi. Ulardan 672tasida "Sherlar" g'alaba qozongan. 166 o'yin durang bilan yakunlangan va 162 uchrashuvda imkoniyat boy berilgan.
Raqib darvozasiga kiritilgan to'plar soni 2197taga yetdi. Darvozamizdan 853 to'p o'tkazilgan. Jamoamiz O'zbekiston chempionati tarixida g'alaba qozonish, gol urish va ochko to'plash bo'yicha rekordchi sanaladi.