Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Neftchi — yangiliklari

Neftchi va bog'liq yangiliklar

Neftchi 20 yildan so‘ng safarda ilk bor 5 ta gol urdi

Neftchi 20 yildan so‘ng safarda ilk bor 5 ta gol urdi

Farg‘onaning Neftchi klubi 20 yillik tanaffusdan so‘ng safar o‘yinida raqib darvozasiga 5 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Neftchi 20 yildan so‘ng ilk bor safarda 5+ gol kiritdi. Bu ishni so‘nggi bor farg‘onaliklar 2006-yilda Yuriy Sarkisyan boshqaruvida Xorazm maydonida uddalagan edi.

Neftchi futbolchilari O'zbekiston U-20 terma jamoasi yig'iniga chaqirildi

Neftchi futbolchilari O'zbekiston U-20 terma jamoasi yig'iniga chaqirildi

«Neftchi» klubining to'rt nafar futbolchisi O'zbekiston U-20 terma jamoasining yig'iniga chaqirildi.

O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi bo'lajak Osiyo kubogi saralash bosqichiga tayyorgarlikni boshlamoqda. «Neftchi» jamoasining to'rt nafar yosh futbolchisi: Azizbek Yerimbetov, Nurmuhammad Abdug'aniyev, Muhammadqodir Rasuljonov va Ibrohim Shokirov ushbu yig'inga jalb etildi.

Rejaga ko'ra, futbolchilar 13-15 iyul kunlari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadilar. Shundan so'ng, 15-21 iyul kunlari Amman shahrida Iordaniya U-20 terma jamoasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun safarga jo'nab ketadilar.

Bog'liq yangiliklar

Vodiy derbisi Braziliya telekanalida jonli efirda namoyish etildi

Vodiy derbisi Braziliya telekanalida jonli efirda namoyish etildi

O‘zbekiston Superligasidagi vodiy derbisi Braziliyaning MatchdayTV telekanali orqali ilk bor jonli efirda namoyish etildi.

Vodiy derbisi nafaqat O‘zbekiston, balki xorij futbol jamoatchiligi tomonidan ham katta qiziqish bilan kuzatildi. Mamlakatimiz futbolining eng murosasiz qarama-qarshiliklaridan biri yana bir bor o‘zining yuqori atmosferasi, muxlislar faolligi va maydondagi keskin kurashi bilan xalqaro auditoriya e’tiborini tortdi.

Ahamiyatlisi, Braziliyaning xususiy internet telekanali MatchdayTV o‘z faoliyati davomida ilk bor O‘zbekiston Superligasi uchrashuvini jonli efirda namoyish etdi. Vodiy derbisini braziliyalik sharhlovchi Lucas Vinísius de Souza sharhlab bordi. Jonli efir Braziliya bilan bir qatorda Janubiy Amerikaning boshqa davlatlaridagi futbol ixlosmandlari tomonidan ham kuzatildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston futboliga, xususan, Superligamizga bo‘lgan xalqaro qiziqish tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, to‘la stadionlar, yorqin muxlislik muhiti va keskin raqobatga boy uchrashuvlar xorijiy futbol ixlosmandlari e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda. Vodiy derbisining Janubiy Amerikada namoyish etilgani ham buning yaqqol isbotidir.

Bunday translyatsiyalar O‘zbekiston Superligasining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, klublarimizni kengroq auditoriyaga tanitish va futbolchilarimizning salohiyatini dunyoga namoyish etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Neftchi kabi tarixga ega klublarning xorij auditoriyasi oldida namoyon bo‘lishi o‘zbek futbolining xalqaro imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ishonamizki, bunday tashabbuslar kelgusida ham davom etadi va O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlari dunyoning yanada ko‘proq mamlakatlarida jonli efir orqali namoyish etiladi.

Ulug'bek Baqoyev: "Neftchi" besh daqiqa ichida masalani hal qildi"

Ulug'bek Baqoyev: "Neftchi" besh daqiqa ichida masalani hal qildi"

Ulug'bek Baqoyev "So'g'diyona"ning "Neftchi"dan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev "Neftchi"ga qarshi kechgan bahsdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Mag'lubiyat har doim yoqimsiz. Lekin bir narsani tushunaylik, bugun juda kuchli hamda O'zbekiston chempioniga qarshi o'ynadik. Raqib safida mahorati yuqori futbolchilar ko'p, bugun bu ham maydonda ko'rindi. Biz gol urib oldik, biroq ijobiy natija qayd eta olmadik. Qandaydir tushunarsiz besh daqiqa ichida "Neftchi" masalani hal qildi. Bu - futbol, men yigitlarga o'yinni tezroq unutib, keyingi bahsga tayyorgarlik ko'rishimizni aytdim. Qo'ldan kelgancha harakat qildik, buning uchun futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Ishlashda davom etamiz.
Neftchi stadionidagi yoritish tizimi modernizatsiya qilindi

Neftchi stadionidagi yoritish tizimi modernizatsiya qilindi

Neftchi klubining uy stadioni — Istiqlolda projektorlar modernizatsiya qilindi. Endilikda maydonning o‘rtacha yoritish darajasi 2080 lyuksni tashkil etadi.

🟢 Ushbu mavsum Elit chempionlar ligasida ishtirok etuvchi Neftchi klubining uy stadioni — Istiqlolda projektorlar modernizatsiya qilinishi natijasida maydonning o‘rtacha yoritish darajasi 2080 lyuksga yetkazildi.