Yovan Jokich jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o'tkazdi
Neftchi yarim himoyachisi Yovan Jokich Finlandiyada muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. Futbolchi 2-3 oydan so'ng safga qaytishi kutilmoqda.
Jamoamiz yarim himoyachisi Yovan Jokich “Navbahor”ga qarshi uchrashuv oldidan o’tkazilgan chigalyozdi mashg’ulotlari vaqtida avvalgi o’ng oyog’idagi Axill payi jarohatini qayta his qildi.
Batafsil tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko’ra, jarohatni jarrohlik yo’li bilan davolash tavsiya etildi. Shu maqsadda futbolchimiz Finlandiyaning Turku shahriga yo’l oldi va bugun muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.
Operatsiya reja asosida muvaffaqiyatli yakunlandi. Shifokorlar tavsiyasiga ko’ra, Yovan endilikda reabilitatsiya jarayonini boshlaydi. Rejaga muvofiq, u 2-3 oy davom etadigan tiklanish dasturidan so’ng jamoa mashg’ulotlariga qaytishi kutilmoqda.
Yovan Jokichga tezroq sog’ayib, maydonlarga yanada kuchliroq holatda qaytishini tilab qolamiz! 🟢