Muhammadjon Hakimov Paxtakorga qarshi bahsda Bunyodkor tarkibida Superligada debyut qilib, joriy mavsumning eng yosh futbolchisiga aylandi.
Muhammadjon Hakimov Paxtakorga qarshi bahsda Bunyodkor tarkibida Superligada debyut qildi va ushbu mavsum maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi (16 yosh, 295 kunlik).
Ma'lumot uchun, 2025-yilda ham Bunyodkor jamoasi futbolchisi mavsumda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangan edi.
Bunyodkor futbolchisi Bilolxon Toshmirzayev jamoa qarorgohidagi noqulay sharoitlar va o'yinga tayyorgarlik jarayonidagi muammolar haqida so'zlab berdi.
Bilolxon Toshmirzayev Bunyodkor klubidagi hozirgi holat haqida gapirdi.
Kecha, o'yindan bir kun avval jamoamiz qarorgohida chiroq o'chib qolgan va bir kun davomida u yerda chiroqsiz o'tirdik. Aniqrog'i uxlay olmadik. O'yin kuni kunduz vaqti 2 soatga uxlab oldik. O'yin kuni toliqib qolgandik, charchoq bor edi. Kulguli tuyulishi mumkin, ammo bu rost.
U21 chempionati 15-turida Bunyodkor jamoasi uchrashuvga kelmagani uchun texnik mag'lubiyat qayd etildi.
U21 chempionati 15-tur o'yinlari davom ettirildi.
Bunyodkor U21 klubi Qizilqum bilan uchrashuvga kelmagani uchun o'yin bekor qilindi va Qizilqum U21 jamoasiga 3:0 hisobidagi texnik g'alaba, Bunyodkor U21 jamoasiga esa 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida Bunyodkor futbol klubiga 5 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.
Bunyodkor jamoasining ashaddiy ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shuni ma’lum qilamizki, klubimizga hukumatimiz tomonidan amaliy yordam berila boshlandi. Xususan, kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ-107-son “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Bunyodkor futbol klubiga 5 milliard so‘m ajratildi.
Buning uchun yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish yo‘lida katta islohotlar olib borayotgan davlatimiz rahbariga va hukumatimiz rasmiylariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Bunyodkor Superliganing navbatdagi uchrashuvlariga reja asosida tayyorgarlik ko‘rishda davom etadi.
Bunyodkor futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar yuzasidan rasmiy bayonot berib, vaziyatdan chiqish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirgan holda quyidagilarni ma’lum qiladi: avvalo Bunyodkor futbol klubining bugungi kuni uchun qayg‘urayotgan OAV xodimlari, muxlislar, bloggerlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Klubimiz iqtisodiy tomondan qiyin kunlarni boshdan o‘tkazayotgani rost. Ammo o‘zining ajoyib tarixi, katta infratuzilmasi, ikki yulduzli akademiyasiga ega klubimiz vaziyatdan chiqish uchun jiddiy ish olib bormoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining qarori bilan hukumatimiz tomonidan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni klub hisob raqamiga yo‘naltirishni tezlashtirish, qolaversa, klubga homiy biriktirish masalalari bo‘yicha ishlar jadallashgan. Jamoamiz ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shunga umid qilamizki, davlatimiz rahbari yurtimizda futbolga juda katta e’tibor qaratayotgan bir davrda Bunyodkor futbol klubidagi vaziyat hukumatimiz tomonidan e’tiborsiz qoldirilmaydi.