#Andijon — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Sobir Pirnazarov «Andijon» murabbiylar shtabiga qo'shildi

Sobir Pirnazarov «Andijon» murabbiylar shtabiga qo'shildi

Tahlilchi murabbiy Sobir Pirnazarov «Andijon» klubi murabbiylar shtabida ish boshladi.

«Andijon» jamoasi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo'shildi. Tarkibini yanada shakllantirayotgan jamoa murabbiylar shtabini ham boyitib bormoqda.

Jumladan, tahlilchi murabbiy Sobir Pirnazarov «Andijon» klubida ish boshladi. Ushbu mutaxassis 1986-yilning 14-mart kuni Toshkentda tavallud topgan. Murabbiylik faoliyati davomida O'zbekiston U15, U16, U17, U20, U23 terma jamoalarida ishlagan. Shuningdek, «Olimpik» va «Qizilqum» klublarida ham tahlilchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Erishgan natijalari:
- 2022 — Toshkentda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 2-o'rin.
- 2023 — Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida 3-o'rin.
- 2023 — Argentinada o'tkazilgan 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi.
- 2024 — Qatarda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 2-o'rin.
- 2024 — Parij Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi.
- 2025 — 17 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionati g'olibi, Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati ishtirokchisi.

Ushbu mutaxassis jamoaning g'alabalariga o'z hissasini qo'shishiga umid qilamiz.

Andijon - Paxtakor uchrashuvi uchun chiptalar sotuvi boshlanadi

Andijon - Paxtakor uchrashuvi uchun chiptalar sotuvi boshlanadi

Superliganing 15-turi doirasidagi Andijon - Paxtakor uchrashuviga chiptalar sotuvi ertaga soat 09:30 dan boshlanadi.

1-avgust kuni Andijon shahridagi Bobur arenada Superliganing 15-turidan o'rin olgan Andijon va Paxtakor jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.

Ertaga soat 09:30 dan boshlab ushbu bellashuv uchun chiptalar stadionning rasmiy kassasida sotuvga chiqariladi.

Shuningdek, echipta_bot orqali sotuv jarayoni ham ertadan, 09:30 dan boshlanadi.

Barcha futbol muxlislarini 1-avgust kuni soat 19:30 da boshlanadigan Andijon - Paxtakor o'yiniga taklif qilamiz.

Andijon klubiga qo'yilgan transfer taqiqi olib tashlandi

Andijon klubiga qo'yilgan transfer taqiqi olib tashlandi

Andijon klubi sobiq legioner Altin Kreziu bilan bog'liq qarzdorlikni bartaraf etdi va FIFA tomonidan qo'yilgan transfer taqiqi olib tashlandi.

Ma'lumki, oxirgi paytlarda Andijon jamoamizga transfer qilish borasida taqiq qo'yilgani muxlislarni xavotirga tushishlariga sabab bo'lgandi.

Boisi, sobiq legioner Altin Kreziu bilan bog'liq vaziyat fonida aynan shunday holat yuzaga kelgandi.

Lekin klub rahbariyatining say-harakatlari evaziga mazkur qarzdorlik to'liq bartaraf etildi va FIFA tomonidan qo'yilgan taqiq olib tashlanganligini ma'lum qilamiz. 👍

O'ng ustun yangiliklari