Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

FC Buxoro — yangiliklari

FC Buxoro va bog'liq yangiliklar

Buxoro gruziyalik legioner bilan xayrlashdi
PFC BUKHARA ↗ Transfer

Buxoro gruziyalik legioner bilan xayrlashdi

Buxoro klubi gruziyalik yarim himoyachi Mixail Bashelaishvili bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.

Buxoro klubi gruziyalik yarim himoyachi Mixail Bashelaishvili bilan xayrlashdi. Tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra mehnat shartnomasini bekor qilishdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi joriy mavsumda jamoa safida barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Mixail Bashelaishvilining jamoamiz safidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.

Bog'liq yangiliklar

Umidjon Hamroyev Superliganing 13-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi

Umidjon Hamroyev Superliganing 13-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi

O’zbekiston professional futbol ligasi talqiniga ko’ra, darvozabonimiz Umidjon Hamroyev Superliganing 13-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi.

O’zbekiston professional futbol ligasi talqiniga ko’ra, darvozabonimiz Umidjon Hamroyev Superliganing 13-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi.

Islombek Baratov “Buxoro” jamoasi futbolchisi
PFC BUKHARA ↗ Transfer

Islombek Baratov “Buxoro” jamoasi futbolchisi

Birinchi davrada “Lokomotiv” safida to’p surgan himoyachi Islombek Baratov “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzoladi!

Mavsumning ikkinchi qismi starti oldidan Buxoro navbatdagi transferni amalga oshirdi! ✅

Birinchi davrada “Lokomotiv” safida to’p surgan himoyachi Islombek Baratov “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzoladi!

Islombek Baratov 2000-yilda tavallud topgan. Faoliyati davomida “Yangiyer”, “Sho’rtan”, “Mash’al hamda “Lokomotiv” kabi klublar safida to’p surgan. Baratov o’ng qanot himoya va yarim himoyada birdek harakatlana oladi. Klublar miqyosida 100 ta uchrashuv o’tkazib 9 ta gol va 7 assistni amalga oshirgan.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Islombek Baratovning iqtidori va mahorati yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o‘yin ko‘rsatib, jamoaning g‘alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashiga ishonch bildiradi.