Bunyodkor klubi moliyaviy qiyinchiliklar yuzasidan bayonot berdi
FC BUNYODKOR ↗ ●●●●● Umumiy 👁 6

Bunyodkor klubi moliyaviy qiyinchiliklar yuzasidan bayonot berdi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirgan holda quyidagilarni ma’lum qiladi: avvalo Bunyodkor futbol klubining bugungi kuni uchun qayg‘urayotgan OAV xodimlari, muxlislar, bloggerlarga minnatdorchilik bildiramiz.

Klubimiz iqtisodiy tomondan qiyin kunlarni boshdan o‘tkazayotgani rost. Ammo o‘zining ajoyib tarixi, katta infratuzilmasi, ikki yulduzli akademiyasiga ega klubimiz vaziyatdan chiqish uchun jiddiy ish olib bormoqda.

Xususan, davlatimiz rahbarining qarori bilan hukumatimiz tomonidan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni klub hisob raqamiga yo‘naltirishni tezlashtirish, qolaversa, klubga homiy biriktirish masalalari bo‘yicha ishlar jadallashgan. Jamoamiz ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shunga umid qilamizki, davlatimiz rahbari yurtimizda futbolga juda katta e’tibor qaratayotgan bir davrda Bunyodkor futbol klubidagi vaziyat hukumatimiz tomonidan e’tiborsiz qoldirilmaydi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!