28 yoshli yarim himoyachi Abbosjon G‘ulomov «Navbahor» bilan xayrlashdi. Futbolchi jamoa safida 1,5 mavsum davomida 48 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Ayni paytda milliy chempionatimizda davom etayotgan yozgi transfer oynasida jamoamiz tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, 28 yoshli mahoratli yarim himoyachi Abbosjon G‘ulomov «Navbahor» safini tark etdi.
«Lochinlar» tarkibiga 2025 yilgi mavsumda qo‘shilgan G‘ulomov ortda qolgan 1,5 mavsum davomida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta golga mualliflik qilgan holda, 4 ta golga assistentlik qildi.
Bundan tashqari, Abbosjon G‘ulomov o‘tgan mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan «Yil kashfiyoti» mukofotini qo‘lga kiritgan.
Biz jamoamiz safida o‘tkazgan yorqin o‘yinlari uchun Abbosjon G‘ulomovga minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi faoliyatida omad hamda zafarlar tilab qolamiz. Barchasi uchun rahmat, Abbosjon!
Tajribali yarim himoyachi Abbos G‘ulomov faoliyatini «Nasaf» safida davom ettiradigan bo‘ldi. Tomonlar mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolashdi.
Vodiy klublaridagi ishonchli va sermahsul o‘yinlari bilan tanilgan tajribali yarim himoyachi Abbos G‘ulomov faoliyatini «Nasaf» safida davom ettiradi. 🔥
Tomonlar o‘rtasida erishilgan kelishuvga ko‘ra, futbolchi mavsum yakuniga qadar jamoa sharafini himoya qiladi. Shuningdek, shartnomani uzaytirish bandi ham bitimdan o‘rin olgan.