«Tigre» prezidenti David Romeroga «Sevilya» qiziqish bildirayotganini tasdiqladi
«Tigre» prezidenti Martin Suares «Sevilya» klubi David Romeroga qiziqish bildirayotganini va muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qildi.
🎙️ «Tigre» prezidenti Martin Suares David Romeroga «Sevilya» tomonidan bo'layotgan qiziqish haqida gapirdi:
«Sevilya» undan juda manfaatdor ekani haqiqat. Biz deyarli har kuni uchrashuvlar o'tkazyapmiz. U ularning sport loyihasiga juda mos tushishini tushunib turibman. Ularning taklifi bizga ma'qul kelmoqda».