Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Roma» himoyachisi Anxelino faoliyatini «Deportivo La-Korunya»da davom ettirishi mumkin.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, ispaniyalik himoyachi «Deportivo La-Korunya»ga o'tishga yaqin turibdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, muzokaralar yakuniy bosqichda va tomonlar kelishuvni rasmiylashtirishdan oldin so'nggi detallar ustida ishlamoqda.
Bitim sotib olish huquqi bilan ijaraga berish ko'rinishida bo'lishi kutilmoqda. Hozirda har ikki klub kelishuvni yakunlash ustida ish olib bormoqda. Agar hech qanday to'siqlar chiqmasa, Anxelino tez orada jamoani tark etishi rasman tasdiqlanishi mumkin.
Pyer-Emerik Obameyang "Deportivo"ga o'tishi, jamoadagi roli va kelgusi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Pyer-Emerik Obameyang o'z taqdimot marosimida "Deportivo"ga o'tishi haqida gapirdi:
"Taklif tushganda, darhol agentlarim va oilam bilan gaplashib oldim. Ularga: "Biz ularning taklifini eshitib ko'rishimiz kerak", dedim. Chunki bu klubni bolaligimdan, Chempionlar ligasida o'ynagan vaqtlaridan beri bilaman. Uning Primeraga qaytganini ko'rishning o'zi juda muhim. O'ylaymanki, bu jamoaga yordam berish imkoniyati men uchun juda muhim lahza. Aynan shu sababli loyiha menga juda yoqdi. Uchrashib gaplashganimizdan so'ng, hammasi ma'qul keldi va "Yaxshi, ketdik", dedim. Bu men uchun haqiqatan ham muhim qadam. Ispaniyada o'ynash orzuim bo'lganini doim aytganman. Bu maqsad ham edi, chunki bobo va buvimga bir kun kelib shu yerda o'ynashimni va'da qilganman. Ikkinchi marta shu yerga qaytish ajoyib. Oilamga yaqinman, yaqinda vafot etgan bobo va buvimni eslayman. Men juda baxtliman va yana shu yerda ekanligimdan faxrlanaman".
O'zining jamoadagi roli haqida:
"Hali ham ko'p narsalarni amalga oshirishni xohlayman. Hozirgacha bo'lgan hujumchi darajasida qolish niyatidaman. Idalgo mendan tajribam bilan jamoaga yordam berishimni istaydi. Bizning suhbatimiz juda ochiq va to'g'ridan-to'g'ri bo'ldi. U mendan nima kutayotganini va qanday rol bajarishim kerakligini tushuntirdi".
O'tishi bilan bog'liq bosim haqida:
"Menga bu bosim yoqadi. Men bilan bog'liq katta kutishlar borligini bilaman, lekin men tayyorman. Juda yaxshi tayyorgarlik ko'ryapman. Bu kutishlarni oqlash imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman. Umid qilamanki, bizni ajoyib mavsum kutib turibdi".
Natijadorlik haqida:
"Aniq raqam ayta olmayman. Bu yaxshi mavsum bo'lishi mumkinligini bilaman. Avvalgi va hozirgi o'yinim o'rtasidagi farqni hisobga olsak, o'yinni biroz yaxshiroq o'qiy olaman deb o'ylayman. Gollar keladi. Ularning sonini bilmayman, lekin ko'p bo'lishiga umid qilaman. Men gollar uraman, ko'plab golli uzatmalarni amalga oshiraman va g'alaba qozonaman. Men shu ishtiyoq bilan kelganman".
Nikolo Shira xabariga ko'ra, «Deportivo» va «Nottingem Forest» «Olimpik Lion» himoyachisi Nikolas Tagliafikoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Nikolo Shira xabariga ko'ra, «Deportivo» va «Nottingem Forest» «Olimpik Lion» chap qanot himoyachisi Nikolas Tagliafikoga qiziqish bildirmoqda. Tomonlar o'rtasida muzokaralar allaqachon boshlangan.
Pervis Estupinyan Milan rejalariga kirmayapti. Unga Aston Villa va Deportivo La-Korunya klublari qiziqish bildirmoqda.
Taxminan 20 million yevroga xarid qilingan chap qanot himoyachisi Amorim loyihasi rejalariga kirmayapti va unga nisbatan aniq qiziqishlar mavjud. 🔴⚫
Aston Villa transfer shartlarini bilish uchun Milan bilan bog'landi.
La Ligaga 8 yildan so'ng qaytgan Deportivo La-Korunya ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Kutilgan natijani bermagan mavsumdan so'ng, klub munosib taklif bo'lsa, futbolchini sotishga tayyor. Granuda, Almeriya, Malyorka, Osasuna va Vilyarreal safida to'p surgan futbolchi uchun bu faoliyatidagi navbatdagi bosqich bo'lishi mumkin — yo tanish Premer-ligada yoki o'zi uchun qadrdon bo'lgan Ispaniyada.
Estupinyanni qo'yib yuborish kerakmi yoki unga yangi tizimda o'zini ko'rsatish uchun imkon berish lozim?
Diario Sport xabariga ko'ra, Runi Bardi uchun Dortmundning «Borussiya» klubi va boshqa bir qator jamoalar kurash olib bormoqda.
🚨 Diario Sport xabariga ko'ra, Dortmundning «Borussiya» klubi Runi Bardiga qiziqish bildirayotgan jamoalar qatorida. Shuningdek, futbolchi ortidan Premer-liga, A Seriya, Liga 1 vakillari hamda «Deportivo» kuzatuv olib bormoqda.
«Barselona» kelajakda futbolchiga bo'lgan ayrim huquqlarni saqlab qolgan holda uni to'liq transfer qilishni ma'qul ko'rmoqda. Futbolchining o'zi esa kataloniyaliklar bilan aloqani uzmaslik uchun ijara variantini afzal ko'ryapti.