Real Madrid yangi darvozabon izlamoqda
Real Madrid Tibo Kurtuaning jismoniy holatidan xavotirda va yangi darvozabon izlamoqda. Andrey Lunin esa klub rejalariga to'liq mos kelmayapti.
Pikon (sobiq Relevo jurnalisti) xabariga ko'ra:
"Madrid"ning yuqori lavozimli vakillari Tibo Kurtuaning jismoniy holati endilikda yuz foizlik ishonch uyg'otmayapti deb hisoblashmoqda.
Shu bilan birga, klubdagilar Andrey Luninni o'yin jihatidan 34 yoshli belgiyalik darvozabondan sezilarli darajada kuchsizroq deb bilishadi. Shu sababli "Madrid" yangi darvozabon izlash uchun bozorni o'rganmoqda, ammo hech qanday shoshilishsiz.
"Qirollik klubi" umuman olganda 27 yoshli ukrainalik darvozabonga hech qachon to'liq ishonch bildirmagan va uning agenti J. Mendesh so'nggi transfer oynalari davomida unga yangi klub topishga uringan edi.