Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Sevilla — yangiliklari Umumiy

Sevilla va bog'liq yangiliklar

Adri Pedrosa «Sevilya»ning asosiy tarkibidan chetlatildi

Adri Pedrosa «Sevilya»ning asosiy tarkibidan chetlatildi

«Sevilya» futbolchisi Adri Pedrosa asosiy tarkibdan chetlatildi va jamoani tark etishga tayyorlanmoqda.

❌ Luis Garsiya qo'l ostidagi bir necha haftalik mashg'ulotlardan so'ng, «Sevilya» rahbariyati Adri Pedrosaga uning xizmatlariga ehtiyoj yo'qligini ma'lum qildi.

Adri asosiy tarkibdan chetlatildi va endilikda Xordan, Mir, Gattoni hamda Kardoso bilan birga alohida shug'ullanmoqda.

Futbolchi bu xabarni xotirjam qabul qildi va hozirda o'ziga yangi jamoa izlamoqda.

📰 ElDesmarque xabariga ko'ra.

Bog'liq yangiliklar

Sevilla klubi sotuvga qo'yilishi mumkin

Sevilla klubi sotuvga qo'yilishi mumkin

Sevilla klubining yirik aksiyadorlari klubni sotish huquqini Goldman Sachs bankiga topshirdi. Klub 400 million yevroga baholanmoqda.

🥱 Endi esa haqiqiy vaziyatga qaytamiz:

Sevilla klubining yirik aksiyadorlari klubni sotish huquqini Goldman Sachs Amerika bankiga topshirishdi. Ushbu bank 2024-yildan buyon Sevillani kreditlab kelmoqda. Klubni 400 million yevro evaziga sotish rejalashtirilmoqda (klub aksiyalarining 85 foizi).

Umumiy hisobda, klubning bank oldidagi qarzi 170 million yevrodan oshib ketgan. Bu mablag' 2034-yilga qadar to'lanishi kerak, aks holda ushbu qarz evaziga klub aksiyalari Goldman Sachs tasarrufiga o'tadi.

📰 elconfidencial

Felipe Segura Ortis «Sevilya» tibbiyot xizmati rahbari etib tayinlandi

Felipe Segura Ortis «Sevilya» tibbiyot xizmati rahbari etib tayinlandi

Felipe Segura Ortis «Sevilya» klubi tibbiyot xizmatining yangi rahbari etib tayinlandi. U avvalroq «Real»da ishlagan.

Felipe Segura Ortis «Sevilya» klubi tibbiyot xizmatining yangi rahbari etib tayinlandi.

U 2023-yildan 2026-yilga qadar xuddi shu lavozimda Madridning «Real» klubida faoliyat yuritgan.