Rafa Mir ijara asosida Gretsiyaga yo'l olmoqda
Rafa Mir «Sevilya»dan ijara asosida Gretsiyaga yo'l olmoqda. Futbolchi maoshining katta qismidan voz kechdi.
Rafa Mir transferi bo'yicha kichik o'zgarish yuz berdi:
O'yinchi bilan shartnoma bekor qilinmaydi, aksincha u ijara asosida ketadi va maoshining katta qismidan voz kechadi. Bu «Sevilya» klubiga maosh to'lash yukini yengillatadi (klub juda kichik foizni to'lab beradi, shartnoma bekor qilinganda esa klub barcha summani birdaniga to'lashi kerak bo'lardi).
Yozda futbolchining shartnomasi yakuniga yetadi va u «Sevilya»ga qaytmaydi. Ayni damda o'yinchi Gretsiyaga uchib ketmoqda.
Gonzalo Tortosa