Benfika Joau Palinyani o'z safiga qo'shib olmoqchi
Бавария Мюнхен ↗ ●●●●○ Transfer 👁 29

Benfika Joau Palinyani o'z safiga qo'shib olmoqchi

"Benfika" Joau Palinyani o'z safiga qo'shib olishga jiddiy kirishdi va "Bavariya"ga rasmiy taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda. Yarim himoyachining o'zi ham Portugaliyaga qaytishga qarshi emas.

Lissabon klubi ushbu transferni taxminan 25 million yevro evaziga amalga oshirishni yoki futbolchini ijaraga olib, keyinchalik sotib olish huquqini qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda. Palinyaga "Milan" ham qiziqish bildirmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!