Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

La Liga yangiliklari Matbuot

La Liga

Bernardu Silva bilan blits-intervyu

Bernardu Silva bilan blits-intervyu

Bernardu Silva o'zining sevimli taomi, san'atkori va Real Madrid haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bernardu Silva bilan blits-intervyu:

🖱️ Seni futbolchi sifatida ta'riflaydigan so'z? Mehnat.

🖱️ Real Madridni ta'riflaydigan so'z? Sovrinlar.

🖱️ Sevimli taoming? Bakalyau (tuzlangan treska).

🖱️ Sevimli san'atkoring? Freddi Merkyuri.

🖱️ Qanday yashirin iste'dodga egasan? O'ylashimcha, menda bunday iste'dod yo'q.

🖱️ Jamoadoshlaringga Portugaliyada qayerga borishni tavsiya qilgan bo'larding? Tug'ilib o'sgan shahrim, Lissabonga.

🖱️ Seni nima eng ko'p ilhomlantiradi? G'alabalar, chunki bu eng muhimi va bu klubdan aynan shu narsa kutiladi.

Romario: «Valensiya» — Ispaniyadagi ikkinchi jamoam»

Romario: «Valensiya» — Ispaniyadagi ikkinchi jamoam»

Braziliyalik afsonaviy hujumchi Romario «Valensiya»dagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

🗣️ Romario Iker Kasilyasga bergan intervyusida shunday dedi:

«Valensiya» — faoliyatim davomida to'p surgan eng muhim jamoalardan biri. U yerda men kutgan muvaffaqiyatga erisha olmadim. Hammasi men xohlagandek bo'lmadi.
Ammo klubda juda oz vaqt o'tkazgan bo'lsam-da, men uni hamon katta iliqlik bilan eslayman va har doim bu mening Ispaniyadagi ikkinchi jamoam ekanligini aytaman».
Hansi Flik «yolg'on to'qqizlik» taktikasi haqida gapirdi

Hansi Flik «yolg'on to'qqizlik» taktikasi haqida gapirdi

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik jamoaning hujum chizig'idagi taktik rejalar va tarkibdagi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi.

❓Siz «yolg'on to'qqizlik» bilan o'ynash g'oyasini ko'rib chiqmoqdamisiz?

🗣 Xansi Flik: «Oxir-oqibat, hammasi jamoaga, tarkibga bog'liq. Biz kutishimiz kerak. Dekuga to'liq ishonchim komil, biz nima qilishimiz kerakligini bilamiz. Bu Ferranga ham bog'liq. Nima bo'lishini ko'ramiz».

La Liga