Moretto xabariga ko'ra, "Fulxem" "Real" futbolchilari Gonsalo va Palasiosni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Moretto (sobiq Relevo jurnalisti) xabariga ko'ra: "Fulxem" "Madrid"ga Gonsalo bo'yicha katta taklif yuborish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Arbeloa 22 yoshli futbolchining transferini faol ravishda talab qilmoqda.
Moretto ma'lumotiga ko'ra, Mourinyuga ham Gonsalo juda yoqadi. Shu sababli murabbiy uni jamoada qolsa, kelgusi mavsumda o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ishontirishga urinmoqda. Ammo futbolchining o'zi "Madrid"dagi boshqa ko'plab futbolchilarga nisbatan uning imkoniyatlari past baholanishini tushunib turibdi.
"Kastilya"ning 21 yoshli yarim himoyachisi Palasios esa "Fulxem"ga o'tishga juda yaqin turibdi.
Fulxem Gonsalo va Palasios transferi ustida ishlamoqda. Ingliz klubi har ikki futbolchini ham o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan.
📰 Marca xabariga ko'ra, Fulxem Madrid klubiga Gonsalo uchun 60 million yevrodan biroz kamroq taklif qilmoqda. Madridliklar esa forvard uchun hamon 60 million yevro talab qilishmoqda.
Ingliz klubi 22 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun juda faol harakat qilmoqda. Fulxem Gonsaloni o'z loyihasining asosiy yuziga aylantirib, jamoani aynan uning atrofida qurmoqchi.
🖥 The Athletic (Kortegana) ma'lumotiga ko'ra, Fulxem ham Gonsalo, ham Kastilya'ning 21 yoshli yarim himoyachisi Palasios bo'yicha muzokaralarda ilgarilamoqda. Inglizlar ikkala futbolchini ham qo'lga kiritishlariga ishonch bildirishmoqda, chunki ularning har ikkisi ham Arbeloa qo'l ostida APLda to'p surishni istashadi.
Real Madrid Gonsaloning sotuvidan 30 million yevrodan ortiq mablag' ishlab oladi.
AS xabariga ko'ra, Arbeloa "Fulxem"ga "Kastilya" futbolchilari Palasios, Gonsalo va Mastantuononi transfer qilishni taklif qildi.
📰 AS xabariga ko'ra, Arbeloa "Fulxem" rahbariyatiga "Kastilya" yarim himoyachisi Palasiosni yozgi transfer oynasida o'z safiga qo'shib olishni taklif qildi.
May oyida 21 yoshli futbolchi "Komo" bilan og'zaki kelishuvga erishgan edi, biroq yakunda tomonlar shartnoma imzolashmadi. Keyinchalik ispaniyalik futbolchiga "Portu" va "Osasuna"dan takliflar tushdi. Shunga qaramay, hozirgi vaqtda Palasiosning ushbu jamoalar bilan muzokaralari yakuniy bosqichda emas.
Bundan tashqari, Arbeloa Gonsalo va Mastantuono transferlariga ham qiziqish bildirmoqda. "Madrid" manbalariga ko'ra, klub 22 yoshli hujumchining transfer huquqlarini 50 foizga sotishi, 18 yoshli vingerga esa faqat ijara asosida boshqa jamoaga o'tishiga ruxsat berishi mumkin.
Real Madrid akademiyasining ikki tarbiyalanuvchisi Gonsalo va Palasios klub bilan xayrlashib, o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Gonsalo ijtimoiy tarmoqlarda shunday yozdi:
Yosh bolaning orzusi ushalganiga 12 yil bo'ldi. Men klubni xotirjamlik bilan tark etmoqdaman, chunki Madrid libosini kiygan har bir daqiqada bor kuchimni berganimni bilaman. Qalbim minnatdorchilikka to'la va ishonchim komilki, Real Madrid abadiy mening bir qismim bo'lib qoladi. Men ushbu unutilmas lahzalarni baham ko'rgan va hayotimning ushbu ajoyib sahifasida meni qo'llab-quvvatlagan barchadan cheksiz minnatdorman. Ayniqsa, sizlardan, madridistlar, birinchi kundan oxirgi kungacha his qilgan muhabbatingiz uchun rahmat. Bu oilaning bir qismi bo'lish men uchun katta sharaf edi va buni hech qachon unutmayman. Madrid ranglarini himoya qilish hayotimdagi eng katta g'urur edi. Abadiy minnatdorman. Hala Madrid!
Palasios ijtimoiy tarmoqlarda quyidagilarni qayd etdi:
Men hech qachon Chempionlar ligasi o'yinida Bernabeuda Madrid safida debyut qilishni orzu qilmaganman. Hatto eng yaxshi futbol akademiyasining bir qismi bo'lishimni ham tasavvur qilmaganman. Aynan shuning uchun bugun o'zimni dunyodagi eng minnatdor futbolchi deb his qilyapman. Madrid yoshlar jamoalarida o'ynagan kunlarimdan beri mening uyim bo'lib kelgan va 6 yildan so'ng men ushbu klub menga singdirgan qadriyatlarning ahamiyatini angladim. Madrid libosini kiyish shunchaki g'alaba qozonish emas, bu butun sportdagi eng nufuzli gerbni ifodalashni anglatadi. Menga to'g'ri yo'lni ko'rsatgan shuncha murabbiylar va jamoadoshlarim bo'lganini aytishim mumkin, shuning uchun Real Madridga chin dildan minnatdorchilik bildirish aslida ularning barchasiga sadoqati, ishonchi va qo'llab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildirishning bir usulidir. Real Madrid har doim mening katta qismim bo'lib qoladi. Hammasi uchun rahmat! Hala Madrid!
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Fulxem» «Kastilya» yarimhimoyachisi Palasiosni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Kastilya» yarimhimoyachisi Palasios «Fulxem» diqqat markazida bo'lishi mumkin. Londonliklar futbolchini qo'lga kiritish bo'yicha «Real Madrid» bilan muzokaralar olib borishi kutilmoqda.
Palasiosga "Fulxem" va "Komo" da'vogarlik qilmoqda. "Komo" futbolchining qarorini kutayotgan bo'lsa, "Fulxem" hali rasmiy aloqaga chiqmagan.
📻 Cope xabariga ko'ra, "Fulxem" va "Komo" klublari Palasiosni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
📰 AS ma'lumotiga ko'ra, "Komo" ustozi Fabregas "Kastilya" yarim himoyachisi Palasiosni jamoada ko'rishga qat'iy bel bog'lagan. Shu bois, Italiya klubi 21 yoshli futbolchining o'z kelajagi borasida yakuniy qarorini kutmoqda.
Arbeloa ham Palasiosga qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha "Fulxem" uning transferi bo'yicha "Madrid" bilan bog'lanmagan.