Karim Adeyemi: "Barselona"ga o'tishimda Flikni ko'ndirish shart emasdi"
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 6

Karim Adeyemi: "Barselona"ga o'tishimda Flikni ko'ndirish shart emasdi"

🎙 Karim Adeyemi bilan intervyu:

❓Flik seni "Barsa"ga o'tishga qanday ko'ndirdi?

🗣 Adeyemi: "Ko'ndirish" — bu unchalik to'g'ri so'z emas. U shunchaki menga qo'ng'iroq qilib, o'tishni xohlaysanmi, deb so'radi. Men albatta, dedim, chunki bu dunyodagi eng buyuk klub va bunday imkoniyatlar hayotda bir marta bo'ladi. Uni meni ishontirishi shart emasdi. Men unga anchadan beri ishonaman va uni juda hurmat qilaman.

❓Flik sendan nimalarni kutmoqda deb o'ylaysan?

🗣 Adeyemi: Umid qilamanki, u mendagi maydonda jamoaga bera oladigan narsalarni ko'rmoqda. U meni terma jamoadan juda yaxshi biladi va biz yaqinmiz.

❓O'tmishda "Barsa"ga o'tish imkoniyati bo'lganmi?

🗣 Adeyemi: Kichik aloqalar bo'lgandi, lekin aniq hech narsa yo'q edi.

❓2025-yilgi Chempionlar ligasida "Barsa"ga qarshi o'ynagansan. Bu jamoaga qarshi o'ynash qanday tuyg'u?

🗣 Adeyemi: Uf. Bu o'ynash mumkin bo'lgan eng yaxshi o'yinlardan biri. Buyuk jamoa, buyuk klubga qarshi turasan va eng yaxshilarga qarshi o'ynaganingda doim motivatsiya yuqori bo'ladi. O'sha ikki o'yin haqiqatan ham qiyin bo'lgan, lekin biz ulardan zavq olgandik.

❓Javob o'yinida deyarli hisobni tenglashtirib qo'yayozdinglar.

🗣 Adeyemi: Sal qoldi, ha. Biroz omad kulib boqqanida yutib ketishimiz ham mumkin edi.

❓Sen hech qachon "Kamp Nou"da o'ynamagansan. Bu tajriba qanday bo'ladi deb o'ylaysan?

🗣 Adeyemi: O'ylashimcha, bu ajoyib bo'ladi. Nazarimda, u hali to'liq qurib bitkazilmagan, lekin do'stim, bu boy tarixga ega stadion va uning bir qismi bo'lish yoqimli bo'ladi.

❓Terma jamoaga qaytish istaging bor deb o'ylayman. "Barsa"dagi o'yin bunga yordam beradimi?

🗣 Adeyemi: O'ylashimcha, ha, lekin yakunda buni maydonda isbotlashim kerak. Terma jamoaga qaytamanmi yoki yo'q, buni faqat o'zim hal qila olaman. Ishonchim komilki, agar yaxshi o'ynasam, terma jamoaga chaqiruv olaman.

❓Hayoting davomida ko'rgan "Barsa" o'yinlari orasida o'ziga xos xotiralaring bormi?

🗣 Adeyemi: Ha, albatta. Eng buyuk va tarixiy o'yinlardan biri PSJga qarshi bo'lgan. O'ylashimcha, bu tarixdagi eng aqldan ozdiradigan o'yinlardan biri. Bundaylari bir nechta edi, lekin aynan shuni tanlagan bo'lardim.

❓O'zingni futbolchi sifatida qanday ta'riflagan bo'larding?

🗣 Adeyemi: Menda tezlik bor, albatta, lekin o'yinga boshqa sifatlarni ham qo'sha olaman: tezlik, yakkama-yakka vaziyatlarda o'ynash, qanotlarda harakat qilish, hujumchi pozitsiyasida o'ynash... Men o'zimni universal futbolchi deb bilaman va o'ylashimcha, aynan shu narsa meni biroz o'ziga xos qiladi.

❓Futbolni qanday boshlaganingni eslaysanmi?

🗣 Adeyemi: Ha, men Myunxenda, kichik bir klubda o'ynaganman. Eng boshidan kattaroq yigitlar bilan o'ynaganman. Ko'chada o'ynaganimda ham o'zimdan kattalar bilan to'p surardim.

❓Bir jamoada o'ynagan eng yaxshi futbolching kim?

🗣 Adeyemi: O'ylashimcha, Marko Roys eng yaxshilaridan biri edi. Tomas Myuller ham.

❓Qarshi o'ynagan eng yaxshi futbolching-chi?

🗣 Adeyemi: O'sha o'yinda u eng yaxshi sport formasida emasdi, lekin bir marta Krishtianuga qarshi o'ynaganman va u eng yaxshilardan biri.

❓Sen uchun eng yaxshisi — Messi?

🗣 Adeyemi: Albatta.

❓Futboldagi eng yaqin do'sting kim?

🗣 Adeyemi: Aytish qiyin, lekin Marko Roysni aytgan bo'lardim, bizning munosabatlarimiz yaxshi.

❓Bu mavsumdan nimalar kutyapsan?

🗣 Adeyemi: Menda bu juda yaxshi mavsum bo'lishi haqida oldindan sezgi bor, umid qilamanki, ko'plab sovrinlar bilan. Bizni buyuk ishlar kutmoqda, biz hamma narsaga erishmoqchimiz va bunga qodirmiz — buning uchun har kuni mashg'ulot qilamiz va bor kuchimizni beramiz.

❓Chempionlar ligasi finalchisi bo'lgansan. "Barsa"da revansh olishing mumkin deb o'ylaysanmi?

🗣 Adeyemi: Albatta, mening orzuim — Chempionlar ligasini yutish. Men bunga juda yaqin kelgandim, lekin afsuski, yutqazdik va bu mening orzuimligicha qolmoqda. Buning uchun har kuni mehnat qilyapman.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!