Barcelona Ferran Torres bilan shartnomani uzaytirmoqchi
«Barselona» Ferran Torres bilan shartnomani uzaytirmoqchi, biroq moliyaviy to'siqlar sabab muzokaralar qiyin kechishi mumkin.
Xavi Lemus xabariga ko'ra, «Barselona» Ferran Torres bilan shartnomani uzaytirish niyatida, biroq bu moliyaviy jihatdan maqbul shartlar asosida amalga oshirilishi kerak. Klub yaqin kunlarda muzokaralarni boshlaydi va kelishuvga erishishga umid qilmoqda.
O'yinchining boshqa takliflari ham bor. Agar uning talablari haddan tashqari yuqori bo'lsa, «Barsa» transfer eshiklarini ochib qo'yadi.
Muzokaralarda klubga «Manchester Siti»ga to'lanishi kerak bo'lgan 8 million yevrolik bonus xalaqit bermoqda. Bu holat klubni moliyaviy feyr-pley qoidalariga zid kelmaslik uchun shartnomani yozgi transfer oynasidan keyin imzolashga majbur qilmoqda.