Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Napoli — yangiliklari Umumiy

Napoli va bog'liq yangiliklar

Napoli o'zining 100 yillik yubileyini nishonlamoqda

Napoli o'zining 100 yillik yubileyini nishonlamoqda

Neapolda «Napoli» klubining 100 yillik yubileyi munosabati bilan keng ko'lamli tantanalar bo'lib o'tmoqda.

Neapolda bugun «Napoli» klubining 100 yilligi munosabati bilan tantanalar bo'lib o'tmoqda. 1-avgustga o'tar kechasi klub o'zining asrlik yubileyini rasman nishonlaydi.

Curva A va Curva B ultralari tomonidan klub rahbariyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan bayram dasturi quyidagicha:

17:00 - Piazza dei Martiri maydonida yig'ilish. «Biz tarixga kiradigan kunni boshlash uchun shaharning qoq markazida birga yig'ilamiz.»

18:00 - Shahar bo'ylab yurish.

Piazza Carita maydoni. Bayram soat 19:26 da, klubning birinchi qarorgohi joylashgan va «Napoli» ildizlari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ushbu maydonda boshlanadi. Tantanalarga Neapoldagi yuzta cherkov qo'ng'iroqlari bir vaqtda jarang sochishi bilan start beriladi. Shundan so'ng osmonni ramziy ko'k tutun (Fumata Azzurra) qoplaydi.

100 nafar aktyor, 100 nafar sozanda va 100 nafar bolalar ishtirokidagi tomosha Neapolning afsonaviy tarixi, xalq an'analari va diniy madaniyatini hikoya qiladi. Dasturning asosiy yo'nalishi Neapolni butun dunyoga mashhur qilgan qo'shiqlardan ilhomlangan musiqa bo'ladi.

Piazza Municipio maydoni. Bu yerda Pizza Village Centenario tashkil etiladi. Soat 20:26 dan boshlab klub bepul «Margarita» pitsasi va ichimliklar tarqatadi. Pitsaning bir qismi Banco Alimentare Campania ko'magida muhtojlarga yetkaziladi. Katta ekranlar orqali mehmonlar yubiley marosimini jonli efirda kuzatishlari mumkin.

Piazza del Plebiscito maydoni. Soat 20:45 da klub 100 yilligini nishonlashning rasmiy marosimi boshlanadi. Prezident Aurelio De Laurentiis, rasmiylar, «Napoli» afsonalari va maxsus mehmonlar klubning asrlik tarixini yodga olishadi.

Kechning asosiy voqealaridan biri «Napoli» afsonalari va jamoaning hozirgi o'yinchilarining bir sahnada uchrashuvi bo'lib, bu klubning o'tmishi, buguni va kelajagi o'rtasidagi bog'liqlikni anglatadi.
Billi Gilmor Dimaro yig'iniga boradi

Billi Gilmor Dimaro yig'iniga boradi

Billi Gilmor Dimaro yig'iniga boradi, ammo jarohati sababli individual dastur asosida shug'ullanadi.

⚡️ Billi Gilmor Dimaro yig'iniga boradi.

🙅 Il Corriere del Mezzogiorno xabariga ko'ra, shotlandiyalik yarim himoyachi individual dastur asosida shug'ullanadi. Iyun oyida olgan jarohati oqibatlari sababli Gilmor hozircha umumiy guruhda mashg'ulot o'tkaza olmaydi.

«Napoli»ning homiylardan olishni rejalashtirayotgan daromadlarini e’lon qildi

«Napoli»ning homiylardan olishni rejalashtirayotgan daromadlarini e’lon qildi

Calcio e Finanza «Napoli»ning 2026-27-yilgi mavsumda homiylardan olishni rejalashtirayotgan daromadlarini e’lon qildi.

👇 Calcio e Finanza «Napoli»ning 2026-27-yilgi mavsumda homiylardan olishni rejalashtirayotgan daromadlarini e’lon qildi.

🛳 MSC kruiz kompaniyasi – 18 mln yevro plyus bonus.

🛻 DongFeng avtomobil konserni – 4 mln yevro.

💦 Sorgesana ichimlik suvi ishlab chiqaruvchisi – 2,5 mln yevro.

Napoli va EA7 klubning 100 yilligiga bag‘ishlangan 2026/27 yilgi mavsum uchun uy formasini taqdim etdi.

Napoli va EA7 klubning 100 yilligiga bag‘ishlangan 2026/27 yilgi mavsum uchun uy formasini taqdim etdi.

Klubning bir asrlik tarixi va unga bo‘lgan daxldorlik tuyg‘usi o‘zida aks etgan ushbu forma klub ildizlariga hurmat bajo keltirish va shu bilan birga kelajakka intilish maqsadida yaratilgan. Aynan mana shu g‘oyadan kelib chiqib, «Napoli» jamoa butun mavsum davomida kiyadigan yangi to‘plamni klubning o‘ziga xosligi hamda ramziy maskanlarini birlashtirgan viderolik orqali taqdim etishga qaror qildi.

«Napoli» va EA7 klubning 100 yilligiga bag‘ishlangan 2026/27 yilgi mavsum uchun uy formasini taqdim etdi.

Klubning bir asrlik tarixi va unga bo‘lgan daxldorlik tuyg‘usi o‘zida aks etgan ushbu forma klub ildizlariga hurmat bajo keltirish va shu bilan birga kelajakka intilish maqsadida yaratilgan. Aynan mana shu g‘oyadan kelib chiqib, «Napoli» jamoa butun mavsum davomida kiyadigan yangi to‘plamni klubning o‘ziga xosligi hamda ramziy maskanlarini birlashtirgan viderolik orqali taqdim etishga qaror qildi.

Forma bilan birgalikda ot qiyofasi ham namoyon bo‘ladi — bu klubning ilk ramzi bo‘lgan hamda asrlar davomida neapolliklar matonati va ehtirosini o‘zida mujassam etgan Corsiero del Sole’ga ishoradir. Tasvirga olish ishlari Vezuviydan tortib Pozillipligacha, Neapolning tarixiy markazi yuragidan o‘tib, «Scugnizzo Liberato» maydonida yakunlandi.

Formani loyihalashda mualliflar neapollik tifozilarning xotiralaridan va klub tarixidagi eng ramziy liboslardan biridan ilhomlanishgan. Bu — o‘zining takrorlanmas ko‘k rangi va 1980-yillardagi jundan to‘qilgan futbolkalarni eslatuvchi o‘ziga xos mato teksturasiga ega bo‘lgan ilk chempionlik mavsumi formasidir. Aynan mana shu ilhomlanish ortidan Centenary Blue rang toni dunyoga keldi — an’analarni zamonaviy ko‘rinishda qayta talqin qiluvchi maxsus rang. Texnik mato esa o‘tmish va innovatsiyani birlashtirgan holda, o‘sha tarixiy jun mato fakturasini vizual tarzda aks ettiradi.

Formaning bosh elementi yurak ustiga joylashtirilgan yubiley logotipi bo‘ldi — bu «Napoli»ning yuz yillik tarixining vizual ifodasidir. Unda to‘rtta ramz birlashgan: 1926 yilda klub prezidenti Jorjo Askarelli tomonidan tanlangan ilk gerb — Corsiero del Sole’ning qaytishi; klubning bir asrlik yo‘lini anglatuvchi 100 raqami; shahar va jamoa o‘rtasidagi abadiy sevgini ifodalovchi cheksizlik belgisi; shuningdek, o‘z ildizlariga sodiq qolgan va kelajakka ishonch bilan boqayotgan xalqaro klubning bugungi kunini aks ettiruvchi hozirgi SSC Napoli logotipi.

Bog'liq yangiliklar

Napoli tibbiy shtabida o'zgarish ro'y berdi

Napoli tibbiy shtabida o'zgarish ro'y berdi

Napoli tibbiy shtabida o'zgarish yuz berdi. Jennaro De Luka yangi rahbar etib tayinlandi, Raffaele Kanoniko esa 22 yillik faoliyatidan so'ng klubni tark etmoqda.

La Repubblica xabariga ko'ra, Napoli tibbiy shtabida o'zgarishlar yuz berdi.

🚑 Endilikda ushbu bo'limni Jennaro De Luka boshqaradi. 2019-yildan buyon mazkur lavozimda ishlab kelgan Raffaele Kanoniko klubni tark etmoqda.

Doktor Kanoniko Napoliga Aurelio De Laurentis klubni sotib olguniga qadar kelgan va jamoada 22 yil davomida faoliyat yuritgan.
A Seriya qoidalariga kiritilayotgan o'zgarishlar tasdiqlandi

A Seriya qoidalariga kiritilayotgan o'zgarishlar tasdiqlandi

A Seriya qoidalariga kiritilgan yangi o'zgarishlar ma'lum bo'ldi. Darvozabonlar uchun yangi vaqt cheklovi va VAR tizimidagi o'zgarishlar tasdiqlandi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, A Seriya barcha yangiliklarni ham qabul qilmadi.

✅ A Seriya ligasi qoidalardagi quyidagi o'zgarishlarni ma'qulladi va ularni qo'llaydi:

— darvozabon to'pni sakkiz soniyadan ortiq ushlab tura olmaydi (besh soniyadan so'ng hakam hisobni boshlaydi), aks holda raqib burchak zarbasi tepish huquqiga ega bo'ladi;

— maydonda tibbiy yordam ko'rsatilgan futbolchilar (darvozabonlardan tashqari) kamida bir daqiqaga maydonni tark etishlari shart;

— agar ikkinchi sariq kartochka xato ko'rsatilgan bo'lsa, VAR aralashishi mumkin;

— agar hakam burchak zarbasini belgilashda xatoga yo'l qo'ysa, VAR vaziyatga aralasha oladi.

❌ A Seriyada og'izni kaft bilan yopib gaplashgan futbolchilar chetlatilmaydi.