Napoli va EA7 klubning 100 yilligiga bag‘ishlangan 2026/27 yilgi mavsum uchun uy formasini taqdim etdi.
СУПЕРТИФО ↗ ●●●●● Umumiy 👁 28

Napoli va EA7 klubning 100 yilligiga bag‘ishlangan 2026/27 yilgi mavsum uchun uy formasini taqdim etdi.

«Napoli» va EA7 klubning 100 yilligiga bag‘ishlangan 2026/27 yilgi mavsum uchun uy formasini taqdim etdi.

Klubning bir asrlik tarixi va unga bo‘lgan daxldorlik tuyg‘usi o‘zida aks etgan ushbu forma klub ildizlariga hurmat bajo keltirish va shu bilan birga kelajakka intilish maqsadida yaratilgan. Aynan mana shu g‘oyadan kelib chiqib, «Napoli» jamoa butun mavsum davomida kiyadigan yangi to‘plamni klubning o‘ziga xosligi hamda ramziy maskanlarini birlashtirgan viderolik orqali taqdim etishga qaror qildi.

Forma bilan birgalikda ot qiyofasi ham namoyon bo‘ladi — bu klubning ilk ramzi bo‘lgan hamda asrlar davomida neapolliklar matonati va ehtirosini o‘zida mujassam etgan Corsiero del Sole’ga ishoradir. Tasvirga olish ishlari Vezuviydan tortib Pozillipligacha, Neapolning tarixiy markazi yuragidan o‘tib, «Scugnizzo Liberato» maydonida yakunlandi.

Formani loyihalashda mualliflar neapollik tifozilarning xotiralaridan va klub tarixidagi eng ramziy liboslardan biridan ilhomlanishgan. Bu — o‘zining takrorlanmas ko‘k rangi va 1980-yillardagi jundan to‘qilgan futbolkalarni eslatuvchi o‘ziga xos mato teksturasiga ega bo‘lgan ilk chempionlik mavsumi formasidir. Aynan mana shu ilhomlanish ortidan Centenary Blue rang toni dunyoga keldi — an’analarni zamonaviy ko‘rinishda qayta talqin qiluvchi maxsus rang. Texnik mato esa o‘tmish va innovatsiyani birlashtirgan holda, o‘sha tarixiy jun mato fakturasini vizual tarzda aks ettiradi.

Formaning bosh elementi yurak ustiga joylashtirilgan yubiley logotipi bo‘ldi — bu «Napoli»ning yuz yillik tarixining vizual ifodasidir. Unda to‘rtta ramz birlashgan: 1926 yilda klub prezidenti Jorjo Askarelli tomonidan tanlangan ilk gerb — Corsiero del Sole’ning qaytishi; klubning bir asrlik yo‘lini anglatuvchi 100 raqami; shahar va jamoa o‘rtasidagi abadiy sevgini ifodalovchi cheksizlik belgisi; shuningdek, o‘z ildizlariga sodiq qolgan va kelajakka ishonch bilan boqayotgan xalqaro klubning bugungi kunini aks ettiruvchi hozirgi SSC Napoli logotipi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!