Moliyaviy gvardiya «Napoli» va «Bari» o‘rtasidagi shubhali kelishuvlarni tekshirmoqda
Forza Napoli ↗ ●●●○○ Umumiy 👁 27

Moliyaviy gvardiya «Napoli» va «Bari» o‘rtasidagi shubhali kelishuvlarni tekshirmoqda

 

🤔 ANSA agentligining xabar berishicha, tergov jarayonlari Aurelio va Luidji De Laurentislarga taalluqlidir.

💡Tergovchilarning e’tiborini birinchi navbatda Elia Kaprilening «Bari»dan «Napoli»ga (har ikkala klub ham FilmAuro kompaniyasiga tegishli) keyingi sotuvdan foiz olish bandisiz, 2,2 mln yevroga transfer qilingani tortdi. Keyinchalik neapolliklar darvozabonni «Kalyari»ga taxminan 8 mln yevroga sotishdi va barcha daromad «Napoli»ga tegdi. Vaholanki, bu mablag‘ning bir qismi, yumshoq qilib aytganda, moliyaviy holati maqtanarli bo‘lmagan «Bari»da qolishi mumkin edi.

 

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!