«Bari» va «Napoli»ning rasmiy bayonoti
Forza Napoli ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 27

«Bari» va «Napoli»ning rasmiy bayonoti

«Bari» va «Napoli» klublari, shuningdek, Aurelio hamda Luidji De Laurentis bugun ertalab Bari sudi huzuridagi prokuratura tomonidan chiqarilgan va ijro etilgan tintuv hamda hujjatlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorda keltirilgan ayblovlarni taajjub bilan qabul qildilar.

Tergov masalalari futbolchi Elia Kaprilening transferiga taalluqlidir. Futbolchining qiymati kelishuv yakunlanishidan oldin mustaqil va obro‘li ekspert tomonidan amalga oshirilgan rasmiy baholash asosida belgilangan. Ushbu ekspert muqaddam sud organlari maslahatchisi bo‘lib ishlagan, futbol olamida o‘z nufuziga ega va tergov qilinayotgan shaxslar bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan.»

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!